Vadim Abramov: "Finalni Parijda o'tkazishsa, Parijda o'ynaymiz"
11 noy 2014 11:35
Yangiliklar

Vadim Abramov: "Finalni Parijda o'tkazishsa, Parijda o'ynaymiz"
O'zbekiston kubogi finali oldidan bo'lib o'tgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Lokomotiv" bosh murabbiyi Vadim Abramov va himoyachi Islom To'xtaxo'jaev ishtirok etdi.
Vadim Abramov: “Final o'z nomi bilan final! SHu bois qiziq o'yin kutyapman. Muxlislar stadionga ko'proq kelsa kerak, deb o'ylayman”.
Islom To'xtaxo'jaev: Yaxshi tayyorlandik, juda qiziq o'yin bo'ladi. CHempion bo'lolmaganimizdan afsusdamiz. Lekin shashtimiz tushib ketmagan.
- Ivan Nagaev afsuski shug'ullanmayapti. Xozircha Nagaevsiz o'ynaymiz, unga kelasi yilga umid qilamiz.
- Final Toshkentda bo'lgani yaxshi edi, chunki finalda ikkita poytaxt klubi o'ynaydi. Lekin Parij deyishsa Parijda o'ynaymiz!
- CHempionatda g'alaba qozona olmaganinizni bir necha sabablari bor. Hozir gapirsam yaxshi bo'lmaydi. "Bunyodkor" bizning principial raqibimiz hisoblanadi.
- O'zbekistonda tajribali hakamlar juda ko'p. Finalga xorijdan hakam taklif etilishini ochig'i tushunmadim. Lekin bu savol aslida menga emas...
- "Bunyodkor"ning so'nggi o'yinining oxirida 3ta gol o'tkazgani shunchaki tasodif. Bu erda hech qanday reja yo'q deb o'ylayman.
Eslatib o'tamiz, "Bunyodkor" - "Lokomotiv" uchrashuvi 12 noyabr kuni soat 17:00da boshlanadi. Bahs Olmaliq shahridagi "Olmaliq" stadionida bo'lib o'tadi.

Fikrlar