So’nggi yangiliklar

12:38"Манчестер Юнайтед" "Боруссия Д" футболчисига қизиқмоқда  0 12:10Роналду Англияга қайтиши мумкин?!  0 11:42Жанубий Америка Рекопасида сенсация! "Фламенго" совринни Аргентина клубига бой берди  3 11:21Суперлига старти — сюрпризлар саҳнасими?  4 10:47Мамардашвили "Ливерпуль"даги ҳолатидан норози ва ёзда ижарага кетиши мумкин — ТEАМtalk   2 10:18"Манчестер Юнайтед"ни бошқаришга яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 09:50Финалиссима-2026. Чипталар 2 соатда сотилди  10 09:21"Реал" етакчиси ЖЧ сабабли оёғини операция қилдирмайди  5 08:52РПЛ ва Биринчи лигадаги тўққизта ҳакам тергов остида — РБК хабари  3 08:23Европа лигаси. 1/8 финал жуфтликлари маълум  0 07:54Неймарнинг дубль "Сантос"га ғалаба келтирди  1 07:25Суперлига. Бугун янги мавсумга старт берилади  15 02:10Даниэль Фарке: "Гвардиола ҳаммадан бир қадам олдинда"  4 01:44Европа лигаси. "Панатинаикос" пенальтилар сериясида ҳал қилди, "Селтик" 28-сонияда гол урди ва бошқа натижалар  0 01:31Конференциялар лигаси. "Самсунспор" 4та гол уриб, "Фиорентина" 4та гол ўтказиб юбориб 1/8 финалга йўл олди  1

Vadim Abramov: "Ertaga 2:6 tasodifligini isbotlashimiz kerak" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Ertaga 2:6 tasodifligini isbotlashimiz kerak"

Osiyo chempionlar ligasi 4-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Al Sadd" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov va qatnashdi.
"Yaxshi raqib, yaxshi ob-havo. G'alaba uchun kurashamiz. Biz ham futbol o'ynay olishimizni isbotlash uchun so'nggi imkoniyat. 6:2 hisobida yutadigan jamoa kuchli bo'ladi. Ammo bu futbol bunday natijalar uchrab turadi, ertaga yigitlarimiz bor kuchlari bilan o'ynashadi", - deydi Vadim Abramov.

"Ertangi o'yinda muxlislar oldida g'alaba qozonib oldingi o'yinni unutishlari uchun harakat qilamiz", - deydi Sanjar SHoahmedov.


- Jamoa hozir qanday holatda. Terma jamoa azolari qanday holatdalar?
- Oliy ligada g'alaba qozondik. Ammo raqib boshqa boshqa. Terma jamoa azolari haqida biron gap aytish qiyin. Ertangi o'yinda ularni maydonda ko'ramiz.

- "Lokomotiv" OCHLda debyut mavsumini o'tkazmoqda. Balki tajriba etishmayotgandir?

- Bu ham rol o'ynaydi. Ertaga g'alaba kerak. Bitta g'alaba bo'lsa barchasi yaxshi bo'lib ketishi kerak. Ertaga 4:0 hisobida yutishimiz shart emas, maqsadimiz 3 ochko yig'ish.

- "Al Sadd" o'z maydonida kuchli o'ynaydi lekin safarda unday deb bo'lmaydi. Jamoa so'nggi marta 2011 yil musobaqada safarda yutgan ekan. Oxirgi 8ta o'yinda g'alaba qozona olmayapti. Statistika "Lokomotiv"ga yordam berishi mumkinmi?
- Statistika o'z yo'liga. SHunchaki maydonga tushib g'alaba qozonish kerak. 2:6dan so'ng men ham futbolchilar ham o'zlariga kela olmayapti. Ertaga zafar quchib alamni olishimiz kerak. O'tgan bahs tasodif ekanligini isbotlashimiz kerak.

- "Al Sadd" oxirgi 3ta o'yinda 16ta gol urdi. Ularning ko'p gol urishlarining siri nimada deb o'ylaysiz?
- Ular shunchaki futbol o'ynashmoqda. Lekin omad ham ularga kulib boqmoqda. Masalan, maydon markazidan gol urgan futbolchiga 100 marta imkoniyat bering bunday golni qaytib ura olmaydi.

- "Lokomotiv"ga qanchalik moslashib ketdingiz?
- Jamoaga qo'shilib keta oldim. Birinchi marta Osiyo chempionlar ligasida o'ynayapman. Bu ham katta tajriba hisoblanadi.

- Ertaga Salim Mustafoev maydonga tusha olmaydi. Yanichichda ham jarohat bor deb eshitdik...
- Ha Mustafoev ertaga o'ynay olmaydi. Yanichich kecha mashg'ulotlarda ishtirok etdi. Bugun uning holatini tekshirib ko'ramiz. Bundan tashqari Oleg Zoteev mushaklarini cho'zib oldi, katta Jasur Hasanov shamollab qoldi. Ammo yo'qotishlarga doim tayyormiz.


Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика