Vadim Abramov: "Dinamo" bilan shartnoma imzolaganim yo'q"
09 avg 2022 14:49
Yangiliklar


Vadim Abramov: "Dinamo" bilan shartnoma imzolaganim yo'q"
Biroz avval Vadim Abramov "Dinamo" klubi bosh murabbiyi bo'lgani haqida xabar chiqqandi.
Vadim Abramov — "Dinamo" bosh murabbiyi
Biz murabbiy bilan boag'landik va fikrlari bilan qiziqdik.
- Vadim Karlenovich yangi lavozim bilan tabriklayman.
- Qanday lavozim bilan?
- "Dinamo" klubi bosh murabbiyi bo'libsiz-ku!
- Yo'q, hali rasman bosh murabbiy bo'lmadim.
- Samarqand klubi bu haqda rasman elon qildi-ku.
- "Dinamo" xabar chiqarishda shoshdi, deb o'ylayman. CHunki hali klub bilan shartnoma imzolaganim yo'q. Faqat telefon orqali qo'ng'iroqlashdik. Ertaga barchasiga oydinlik kiritiladi",- deydi Vadim Abramov championat.asia saytiga.
Narzulla suhbatlashdi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar