Vadim Abramov: "Chempionatni g'alaba bilan boshlash juda muhim"

Narzulla Saydullayev
11 mar 2015, 16:23
Ertaga katta tanaffusdan so'ng O'zbekiston yigirma to'rtinchi milliy chempionatiga start beriladi.
“Lokomotiv” futbolchilari O'zbekiston chempionati 1-turi doirasida safarda Bekobodning “Metallurg” jamoasi bilan bahs olib borishadi.

Vadim Abramov boshchiligidagi “temiryo'lchilar” hozirda “Lokomotiv” stadionida ertangi o'yin uchun puxta tayyorgarlik qo'rishmoqda. “Chempionatni g'alaba bilan boshlash juda muhim va uchun barcha kuchni ishga solamiz”, - deydi Vadim Abramov.

Umid qilamizki, “temiryo'lchilar” dastlabki uchrashuvni g'alaba bilan boshlaydilar. Mazkur uchrashuv ertaga 15:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz