So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  0 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  0 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  8 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  6 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  4 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

Vadim Abramov: "Bunday issiqda galstuk taqishning nima keragi bor?" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Bunday issiqda galstuk taqishning nima keragi bor?"

"Bunyodkor" - "Nasaf" uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjmunida Vadim Abramov ishtirok etdi.

"Bunyodkor" bosh murabbiyi o'yin haqida o'z fikrlarini aytib, O'FAda yuz bergan o'zgarishga ham munosabatini bildirdi.

- Men hech qanaqa yangi gap qo'sha olmayman. Faqat shuni aytishim mumkin, "Nasaf" - yaxshi jamoa. O'yin durang bilan tugadi. Yutishimiz ham, yutqazib qo'yishimiz ham mumkin edi. Goldan keyin yana imkoniyatlar bo'ldi, afsuski boshqa to'p kirita olmadik. Bazan o'zimiz noto'g'ri o'ynadik. Raqibning avvalgi o'yinlarini kuzatganimda "Nasaf" o'yin oxirida kuchayishiga etibor qaratgandim. Bugun esa bunday bo'lmadi. Aksincha, biz yaxshiroq harakat qildik.

- "Bunyodkor" oxirgi 15 daqiqada ustunlik qildi. Jamoaning jismoniy holatidan qoniqyapsizmi?

- Har o'yinda har xil bo'ladi: bazan yaxshi, bazan toliqib qolishimiz mumkin. "Nasaf"dan bir nechta futbolchi olimpiyachilar tarkibida bo'ldi. Balki ularga klubga qaytgach birdaniga moslashib ketish uchun biroz vaqt kerak bo'lgandir.

- O'zbek futbolida ro'y bergan katta o'zgarish sizni xursand qildimi?

- Avvalo shuni aytishim kerak, men odamlarga tosh otadigan inson emasman. Xursand qilayotgan jihati, futbolimiz tepasiga futbolni tushunadigan odamlar keldi va ular bilan futbol tilida gaplashish osonroq. Bungacha bazi tushunarsiz holatlar bo'lib kelayotgandi.

Masalan, men hozir PFL talabi bilan galstuk taqqanman, vaholanki bunday issiqda galstukning nima keragi bor? Bu odamning ustidan kulish bilan barobar. Hatto mamlakatlar prezidentlari ham ko'pincha turli sammitlarga galstuksiz borishyapti. Men tushunaman, agar bu bahs Kubok finali bo'lganida galstuk boshqacha ko'rinardi. Futbol - bu sport, CHempionlar ligasi bahslariga qarang, hamma murabbiylar majburiy kiyim kiyyaptimi? Yo'q, albatta. Murabbiy o'yinga ishlash uchun keladi, chiroyli kiyinib o'tirish uchun emas. Tushunganingiz uchun rahmat.


Reyting: +143   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика