So’nggi yangiliklar

15:38Ўзбекистон МТЖ собиқ аъзоси "Шўртан" мураббийлар штабидан жой олади  2 15:16"Манчестер Сити" футболчиси сафдан чиқди  0 14:49"Бунёдкор" стадионида аёллар ўйнайди: Суперлига баҳси "Дўстлик"ка кўчди  0 14:33Қониқарсиз натижалар "Локомотив" мураббийларини лавозимидан маҳрум этди  2 14:04Қашқадарё вилояти футбол академияси футболчилари "Насаф" қароргоҳида бўлди  0 13:38"Престон" ноодатий ҳамкорликни эълон қилди  0 13:11"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми?  5 12:49Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди  0 12:20Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди  0 11:52"Ғаройиб одамлар" фильми режиссёри "Брентфорд" эгаларидан бирига айланмоқчи  0 11:20Тареми Теҳронни тарк этди  3 10:43Томас Мюллер: “МЛСга ўтишим эҳтимолдан холи эмас”  1 10:06"Пахтакор" Қаршида 3 йилдан буён гол ура олмаяпти  16 09:36Эшитдик-да! Ислом Исмоилов тез орада "Нефтчи"да иш бошлайди  35 09:23Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ильгиз Танташев бошқарган учрашувда "Интер" "Ривер Плейт"ни енгиб кейинги босқичга йўл олди  4

Vadim Abramov: "Bugungi o'yinimiz menga yoqmadi" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Bugungi o'yinimiz menga yoqmadi"

Pro liga 2-turi doirasida Samarqandda o'tgan "Dinamo" - "Yunired" (1:0) o'yinidan keyin Vadim Abramov o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Samarqand derbisi ham derbilarga mos va xos o'tdi. O'yin kutganimizdan og'irroq kechdi. Raqibimiz munosib jamoaligini ko'rsatdi, ular maydonda jang qilishdi, oxirigacha kurashishdi. Muxlislar jangovar bahs guvohiga aylanishdi. Yigitlardan minnatdoraman, qiyin bahsda g'alaba qozondik.

Bugungi o'yinimiz menga yoqmadi. Birinchi bo'limda o'z o'yinimizni ko'rsatgandek bo'ldik, ikkinchi bo'limda esa esa o'yinning borishini ular belgilashdi. 

O'yin bu qadar asabiy va jangovar o'tishiga "Yunired"dagi yigitlarning aksariyati "Dinamo" tarbiyalanuvchisi yoki sobiq azosi bo'lgani ham tasir qildi. Bunday paytda istalgan o'yinchi o'zini ayamaydi. Futbolchi sobiq klubiga qarshi ikki hissa kuch bilan o'ynashi tabiiy holat. O'yinda qo'polliklar ko'p bo'lgani bu bahs derbi ekani bilan bog'liq. Bunday bahslar derbiga xos.

Legionerlar? Menimcha, ular tobora moslashib bormoqda. Hozircha taklif etilgan xorijlik o'yinchilarga hech qanday etiroz yo'q. Hali bor yo'g'i 2 tur o'tdi va bu qandaydir xulosalar uchun etarli emas. Jamoa o'yindan-o'yinga kuchayib boradi.

Superliga yo'llanmasi uchun kurash asosan "Lokomotiv", "Dinamo" va "Qo'qon-1912" o'rtasida o'tadimi? "Lokomotiv" bosh murabbiy intervyu bergani va ular allaqachon o'sha erda (Superligada – mual.) ekani haqida gapirganini menga aytishdi. Demak, to'g'ridan-to'g'ri yana bir yo'llanma uchun biz, "Qo'qon-1912" va boshqalar kurashamiz. Jiddiy gapiradigan bo'lsam, hali yo'llanma masalasida gapirishga erta", - deydi Vadim Abramov o'yindan keyin

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика