So’nggi yangiliklar

14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  0 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  5 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  6 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  4 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  12 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3

Vadim Abramov: "Bugun juda yomon o'ynadik" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Bugun juda yomon o'ynadik"

Superliganing 2-turidan o'rin olgan Bunyodkor - Mashal (1:0) uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Vadim Abramov ishtirok etdi.


Quyidagi videoda savol javoblarni to'liq eshitish mumkin. 




“O'yin haqida fikr bildiradigan bo'lsam havo juda sovuq bo'ldi. Barchangiz kuzatdingiz, ko'rdingiz. Bu darajada hali yomon o'yin o'tkazmagandik. Ko'plab xatolarga yo'q qo'ydik. O'yin borasida biror bir narsa deya olmayman.

Birinchi bo'limni ikkinchisiga qaraganda yaxshiroq o'tkazdik. Hisob 1-0 bo'lib turgan payt, boz ustiga raqib jiddiy bosim uyushtirgan vaqtda futbolchilar xato qilmaslikni, ikkinchi bor xato qilsa o'yinni boy berib qo'yish haqida o'ylashdi. Yana bir bor aytaman bugun yomon o'ynadik, ko'p braklar kuzatildi.

Jamoadagi legionerlardan nima kutyapman? Birinchisi jarohatini tiklamoqda. Ikkinchisi markaziy himoyachi. Hozir o'tgan yili birga o'ynagan futbolchilarga imkon beryapmiz, ular bir-birini yaxshi tushunadi. O'ylaymanki, ularning bizga yordam tegadi.

Ha. Lutfullaga taklif bilan chiqishdi. Uni qo'yib yubormadik. CHunki, biz bilan shartnomasi bor. Boz ustiga terma jamoaga kerakli futbolchi. SHuningdek, hozirda ko'plab chempionatlar koronavirus sababli qoldirilmoqda. Indoneziyada chempionat qoldirildimi, yo'qmi bilmadim.

Biz hisobni ushlab qolish uchun o'ynamadik. Buni yuqorida ham aytdim. SHunchaki, keraksiz joyda xatolar ko'p qildik.

Mirjahonni o'yindan olinishi haqida gapiradigan bo'lsam, uning o'yini biz kutgandek chiqmadi. SHuning uchun Farrux Ikromovni tushirdim. Ayrim vaziyatlarda to'g'ri qaror qabul qilmadi. Ikromovning o'yini ham yorqin tus olgani yo'q. Mirahmadov birinchi bor qanotda to'p tepayotgani yo'q. Xo'sh, uning o'rniga maydonga tushgan futbolchi yaxshi o'ynadimi?
Jasur Jaloliddinov vaqti kelsa Italiyaga ketadi. Ular aniq taklif yuborgani yo'q. Uning ham klub bilan shartnomasi bor. Taklif aniq bo'lsa ko'rib chiqamiz.Menimcha, Italiyaga qadar ancha masofa bosib o'tishi kerak. Men shunday o'ylayman.

SHahboz Erkinovning jamoamizga qo'shilishi mening qarorim. Birinchidan u tajribali futbolchi, foyda keltirishi mumkin. Qolganini vaqt ko'rsatadi. Erkinov mening qo'l ostimda olimpiya terma jamoasida o'ynagan, yaxshi bilaman. Futbolchilarning jamoasini ko'p almashtirishi hayot qonuni. Bu jarayon faqat bizda emas, butun dunyoda ro'y beradi. Futbolchilar ko'prog'ini istashadi. Albatta, qo'l ostimizdagi tarbiyalanuvchilarimizni saqlab qolishni xohlaymiz. Ronaldu uzoq yil bir klubda to'p tepdi. Demak, sharoitlar uni qoniqtirgan. “Yuventus” yanada yaxshirog'ini taklif qilgan bo'lsa, u jamoasini o'zgartirdi tamom. Bu narsa butun dunyoda bor.


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика