So’nggi yangiliklar

01:16Моуринью бошчилигидаги "Фенербаҳче" ЕЧЛ саралашидан чиқиб кетди  4 01:05"Манчестер Юнайтед" расман Нуссаир Мазрауи трансферини эълон қилди  1 00:44Расман: Маттейс де Лигт – "Манчестер Юнайтед" футболчиси!  5 00:25Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Анголага йирик ҳисобда ютқазди  7 23:58Анчелотти Винисиусга берилган миллиард евролик таклиф ҳақида гапирди  2 23:30Элит лига гуруҳ босқичининг сўнгги иштирокчиси ҳам аниқланди!  6 23:06Футзал. ЖЧ-2012. Илк ўзбек ҳаками, кетма-кет иккинчи марта финалга чиққан Ўзбекистон мураббийи, фалаж ҳолатда қаҳрамонга айланган Фалькао ва либосидаги юлдузлардан маҳрум этилган Бразилия ҳақида ҳикоя қиламиз  0 22:14Қизлар ўртасидаги ЎФА U-17 чемпионатида 29:0 ҳисоби қайд этилди  7 21:51Яна 9 йил? "Челси" асосий футболчиси билан 2033 йилга қадар келишув имзолайди  0 21:26"Ювентус" асосий дарвозабони билан шартномани бекор қиладими?  0 20:55"Навбаҳор", "Локомотив" ва "Металлург"нинг ғалабасиз серияси қачон тугайди? — Суперлиганинг 15-тури ҳақида  4 20:44Расман: "Барса" Араухони АПЛ клубига сотди  5 20:21"Челси" португалиялик "омадсиз" учун 65 млн евро таклиф қилди  2 19:46Расман: "Боруссия Дортмунд" Максимилиан Байер билан шартнома имзолади  1 19:24Луис Диас "Манчестер Сити" билан беш йиллик шартнома борасида келишиб қўйди  2

Vadim Abramov: "Bu Samvel Babayanga javobim edi" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Bu Samvel Babayanga javobim edi"

Kecha bo'lib o'tgan “Lokomotiv” va “Paxtakor” jamoalari ishtirokidagi Oliy liganing 20-turidan qoldirilgan uchrashuvdan so'ng jurnalistlar “Lokomotiv” klubi vakillari bilan muloqot qila olishmadi.
Bosh murabbiyning matbuot-anjumaniga yordamchisini jo'natishi va yordamchining ayrim jurnalistlarga araz qilib, zalni tark etishi haqida yozib o'tdik.

 Ushbu holatlar va o'yin borasida fikrlarini bilish maqsadida bugun “Lokomotiv” klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov bilan muloqot qildik.

 - Vadim Karlenovich, kecha nega matbuot-anjumanida ishtirok etmadingiz?


 - Bilasizmi, bu tabiiy hol. Yordamchimni yuborganimning sababi bu holat O'zbekiston kubogida “Paxtakor” tomonidan bizga nisbatan ham sodir bo'lgandi. Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etmagandi. Bu o'sha holatga javob tarzida qilindi. Yani, o'sha o'yinda “Paxtakor” rahbari bizga nisbatan hurmatsizlik qilgandi va bu safar shuni qaytardik.

 - Buni jurnalistlarga nisbatan hurmatsizlik sifatida ham qabul qilishimiz mumkin-ku!

 - Yo'q, bunday tushunishingizni istamayman. Men hamma vaqt jurnalistlar bilan ochiq munosabatda bo'lib kelganman. Mana siz bilan ham gaplashyapman-ku. Jurnalistlarni men har doim hurmat qilaman, bizni rosa tanqid qilishganda ham ular bilan muloqotga chiqqanman va bundan qochmayman. Bu faqatgina “Paxtakor”ga javobimiz bo'ldi.

 - Marat Miftaxutdinov bilan ham kutilgan muloqot bo'lmadi, u jurnalistlardan arazlab chiqib ketdi...

 - Jurnalistlarga nima kerakligini bilmadim. Ular o'yin haqida so'ramoqchi bo'lsalar, marhamat, yordamchim ham men ko'rgan narsalarni ko'rdi, jarayonlarda qatnashdi va barcha savollarga javob berishi mumkin edi. O'sha erda men bo'lmaganim uchun vaziyatni izohlashni istamayman.

- Yaxshi, bo'lmasa o'yin haqida gaplashaylik. Matbuot anjumanida aytmagan gaplaringizni ayting...

 - Nima ham derdim, o'yin juda shiddatli o'tdi. Omadimiz kelmadi bu safar. Tezkor o'tkazib yuborgan golimiz futbolchilar ruhiyatiga tasir o'tkazdi. “Bunyodkor” bilan ham shunday bo'lgandi. Birinchi bo'lib gol o'tkazmaslik kerak edi. Hisob 2:1 bo'lib turganida SHog'ulomov vaziyatdan foydalanganida uchrashuv butunlay boshqacha tus olishi ham mumkin edi. Vaziyat 1:0 bo'lib turgan paytda raqib jarima maydonchasidagi qoidabuzarlik uchun penalti belgilanganida ham o'yinda burilish yuz berishi mumkin edi. Lekin men bu vaziyatda hakamga etiroz bildirmoqchi emasman. Biz o'zimizga o'zimiz qildik. To'p o'tkazib yubordik va javob to'piga ulgurmadik.

 - Bu o'yinda ilk bor xorijdan hakam olib kelindi. BAAdan kelgan hakamlarga qanday munosabatdasiz?

 - Normal. O'FFning bu ishini qo'llab-quvvatlayman. U yaxshi hakamlik qildi. To'g'ri, inson borki xato qiladi. Unda ham ayrim xatolar ko'rindi. Lekin, bu o'yin natijasiga jiddiy tasir etadigan xatolar emas. Agarda bizda mana shunday shiddatli o'yinlar ko'p bo'lganida, ehtimol, hakamlarimiz ham shu darajadagi o'yinlarga moslashib borishardi. Bizda  undan ham yaxshi saviyadagi hakamlar bor.

 - CHempionlik uchun kurash tugadimi?

 - Albatta, biz chempionlikni boy berdik...

 - O'yindan keyin “Paxtakor” vakillarini tabrikladingizmi?

 - Yo'q, ular meni kubok musobaqalarida tabriklashmagan-ku!

 - Oldinda jamoangiz uchun yana bir muhim o'yin turibdi. O'zbekiston kubogi finali. Kecha ko'rdikki, “Paxtakor”ning yosh o'yinchilari ko'pincha tezligi evaziga sizning tajribali o'yinchilaringizni ortda qoldirdi. “Bunyodkor”da ham tezkor o'yinchilar ko'p.

 - Bilasizmi, birinchidan, mana shu jurnalistlar tabiri bilan aytganda, “keksa” futbolchilar bilan biz “Paxtakor”ni O'zbekiston kubogida ikki marta yutdik. Bu fakt. Ikkinchidan, bu o'yinchilarni men to'plagan emasman. Ularning ko'pchiligi men jamoaga kelganimda bu erda bor edi. Uchinchidan, yosh o'yinchi degani hamma vaqt g'alaba kafolati bo'la olmaydi. Tajribali futbolchilar maydonda nima qila olishlarini isbotlashga o'zlarida ishonchi bo'ladi. Yoshlar esa ular darajasiga etishi uchun hali ko'p ishlashlari kerak. Oldinda biz uchun eng muhim o'yin turibdi. Biz ushbu uchrashuvda g'alaba qozonib, muxlislarimizga quvonch ulashishni maqsad qilganmiz va nasib qilsa bunga erishamiz.

 - Rahmat. Keyingi o'yinlarda jamoangizga omad tilaymiz.

Norbek Niyozov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика