So’nggi yangiliklar

22:45"Реал" нимадан норози?  0 22:15Энцо Мареска: "Манчестер Сити" соврин учун курашга қайтади"  0 21:41Расман: "Навбаҳор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  1 21:28"Goal" АПЛда йилнинг энг яхши трансферлари рейтингини тузди  0 20:50Бруну МЮ раҳбарияти билан келиша олмаяпти  1 20:24"Барселона" ҳужумчиси сафдан чиқди  0 19:59"Навбаҳор" Азимжон Аҳмедов билан янги шартнома имзолади!  6 19:36"Ювентус" Дисасини ижарага олмоқчи  1 19:15"Пахтакор" Муҳаммадқодир Ҳамралиев билан янги шартнома имзолади!  1 18:50Боливияда жамоа керакли натижани сақлаб қолиш учун, ўйин тугамай, майдондан чиқиб кетди  2 18:12"Сурхон" етти нафар футболчи билан янги шартнома имзолади  0 17:43Ферран Торрес "Барса"нинг омадсизликлари ҳақида: "Барчасини вақт кўрсатади"  9 17:17Ильгиз Танташев яшил майдонга қайтди  1 17:06Ўзбекистон U-16 термаси Тошкент вилояти футбол академияси жамоасига қарши ўйин ўтказди   3 16:47Шаҳзодбек Ғофурбеков — "Локомотив" футболчиси!  0

Vadim Abramov: "Bizga baza va mashg'ulot maydonlari kerak, ammo..." Yangiliklar

Vadim Abramov: "Bizga baza va mashg'ulot maydonlari kerak, ammo..."

Superliga 23-tur doirasidagi "Qizilqum" - "Dinamo" o'yinidan so'ng samarqandliklar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— O'yin og'ir o'tdi. Bahsda tezkor gol kiritib oldik. Bugun ham oddiy vaziyatda raqibga penalti ishlab berdik. Umuman olganda, yigitlarga o'yin uchun minnatdorchilik bildirish kerak.
Bundan tashqari, oldingi uchta o'yinda mag'lub bo'lgandik, bu ham tasir qildi. Zaxira o'rindig'imiz esa katta emas. Muhim o'yinchilarimiz yo'q. To'g'ridan-to'g'ri raqobatchimizni yutganimizni hisobga olsak, yaxshi o'yin bo'ldi. Muxlislarni ham tabriklaymiz. Mavsumni tugatib olish va keyin kelajak haqida o'ylash kerak.


— Anvar Hojimirzaev gol urganidan so'ng muxlislar tomon yugurdi. U anchadan beri gol urmaganiga xavotirlanib yurgan bo'lsa kerak.

— Ehtimol. Futbolchilarning xohishi quvonchini muxlislar bilan baham ko'rish. Ular uchun o'ynaymiz va shu sabab bu tushunarli holat.

— Bugun jamoalar teng o'ynadi desak bo'ladi. Ammo, "Dinamo" o'tgan tur "Nasaf"ga qarshi yaxshiroq ko'ringandi, bu nima bilan bog'liq?

— Haqsiz, bu eng yaxshi o'yinimiz bo'lmadi. Oldin aytganimdek, uchta o'yinni boy berdik va ularda asosan teng kurash kechgandi. Qaerdadir omadimiz kelmadi. Bugun ham gol o'tkazib yuborganimizdan so'ng yigitlarda o'zlariga bo'lgan ishonchsizlik boshlanadi. Jamoa raqib unga imkon berganidek o'ynaydi. "Qizilqum" yoqimsiz jamoa. Ko'rganingizdek, ular shunday o'yin taklif qilishdiki, bu bizga to'g'ri kelmadi va ularning o'yiniga moslashishga to'g'ri keldi. Markazda muhim futbolchilarning yo'qligi ishonch bilan o'ynashimizga to'sqinlik qildi.

— "Dinamo" bunga qadar Superliganing uch favorit jamoasiga imkoniyatni boy berdi. SHundan so'ng bugungi o'yinga ruhan va jismonan tayyorlanish qanday ro'y berdi?

— Psixologiya doim o'ziga qarshi tayyorlaydi. Bu erda "Qizilqum"ni baholay olmadik deb bo'lmaydi. Bu yaxshi jamoa va o'tgan turda "Paxtakor"ni mag'lub etdi. Men o'yin qiyin bo'lishini bilardim va o'tgan uchta o'yindagi mag'lubiyat turnir jadvaliga tasirini o'tkazgandi. Ushbu o'yinni yutishimiz shart va yaqin raqobatchimizga bizga etib olib, o'tib ketishiga yo'l qo'ymasligimiz kerak edi. Turnir jadvalidan kelib chiqsak, yigitlarga shunday o'yinni o'tkazganliklari uchun minnatdorchilik bildirish kerak. To'g'risini aytsam, bugun omad biz tomonda ham edi.

— Yil boshida futbolchilarni yig'dingiz va mavsum tugamoqda. Ular haqida nima deya olasiz, necha foizi umidlarni oqladi?

— Selekciya ishlarida xatolarsiz bo'lmaydi. 90% demayman, ammo 60%ga topdik, 40%ga esa omadsizlik degan bo'lardim. SHunday mavsum bo'ldiki, unda yaxshiroq ishtirok etishimiz mumkin edi. Eslasangiz, kubokda mag'lub bo'lmagan yagona jamoa bo'ldik. CHempionatda ham shunday vaziyatlar bo'ldiki, bugun biz boshqa o'rinlar uchun kurashishimiz mumkin edi. SHu sabab aytish qiyin. Vaqt ko'rsatadi.

— Keyingi yilga qanday rejalar? Rahbariyat bilan gaplashdingizmi?

— Bungacha Samarqand yuqori o'rinlar uchun kurashadigan jamoaga ega bo'lishi kerakligi aytilardi. Sovrinli o'rinlar uchun kurashishni xohlardim, men murabbiy sifatida buni xohlayman. Ammo, bu rahbariyatning bizga qilayotgan etibori muhim, uni kam demagan bo'lardimu... Tushunaman, viloyatning o'z muammolari bor. Futbol ijtimoiy jihatdan yuklaman bo'ladigan narsa. Men so'ragan yagona narsa mashg'ulotlar jarayonini tashkillashtirish uchun baza edi. Mashg'ulot maydonlari, mahalliy futbolchilar etishmayapti. Mahalliy o'yinchilar va maktabsiz raqobat qilish juda ham qiyin. Boshqalar takomillashmoqda, shu sabab shart-sharoitlar bo'yicha boy klubmiz deb ayta olmayman. SHu sabab bizdan oldinda yaxshi futbolchilar bilan shartnoma imzolayotgan grandlar bor. 

— Anvar Hojimirzaev bugun chempionatdagi 10-golini urdi. Uning O'zbekiston chempionatidagi o'zbekistonlik ichida eng yaxshi to'purar ekanligini takidlashdan charchamaymiz. Ammo, "Dinamo" u bilan shartnomani uzaytirmadi. Mish-mishlarga ko'ra, unga "Navbahor" va hatto "Nasaf" qiziqish bildirayotgan ekan. Qachon u bilan bitim uzaytiriladi?

— Futbolchi omadli mavsum o'tkazganda, unga qiziqish bo'lishi tabiiy. Ammo, o'yinchi ketmoqchi bo'lganda, uni ushlab turish tarafdorimasman. Unga bu erda qulay bo'lishini taminlash kerak. Biz ham u xohlaydigan shartlarni bajarishimiz kerak. Futbolchilarning umri qisqa. Aytishadiku, baliq chuqurroq joyni, futbolchi esa yaxshiroq joyni izlaydi deb. Bu normal holat. SHu sabab, hozirda bu narsa unga bog'liq. Unga taklif berishadi va u o'ylab ko'radi. Futbol shunday narsaki, hamma joyda ham omad kelavermaydi.

— Yaxshi futbolchilarning xaridorlari ko'p. Futbolchi shartnomasiga yarim yil qolganda boshqalar bilan muzokara o'tkazish huquqiga ega. Sizning oldingizga kelib, boshqalar bilan muzokara o'tkazayotgani haqida boxabar qilganlar bo'ldimi?

— Yo'q, bundaylar bo'lmadi. Hech kim bu borada oldimga kelgani yo'q. Mish-mishlarni eshitamiz, ammo konkret narsa yo'q. Bu normal holat. Ha, biz keyingi mavsum haqida ham o'ylayapmiz. Ammo, oldinroq aytganimdek, o'yinchini ushlab qolish tarafdori emasman.

— So'nggi to'rt o'yinda "Dinamo" darvozasi tomon to'rtta penalti qo'yildi va hakamlar barcha epizodlar bo'yicha sabablar aytishdi. Sizga o'yinchilar bugun ham himoyada xato o'ynagandek ko'rinmadimi, masalan Vohid kabi. Bazida qo'l bilan o'ynashmoqda, bazida engil kontakt.

— Bu shubhasiz maktabning yo'qligidadir. Bolalar sport maktablarida futbolchilarga xos sifatlar yo'q, shu sabab futbolchi shunday qarorlar qabul qiladi. O'sha vaziyatda penalti bo'lganini takidlashmoqda. Jarima maydonchasida shunday o'ynash mumkinmi? Bu hatto kulguli, shu sabab hayron bo'lmadim. SHu sabab almashtirdimmi? Faqat bu uchun emas. U maydonda noto'g'ri qarorlar qabul qildi. Unda ko'rsatishi kerak bo'lgan yaxshi sifatlar bor. Ammo, uning yomon sifatlari ko'zga tashlandi va almashtirishimga shu sabab bo'ldi.

— Hujumda Kojo va Hojimirzaev bor. Jamoa turli natijalar qayd etmoqda. Nega stabillik yo'q?

— Zaxira o'rindig'imiz katta emas. Bir-ikki futbolchining jarohat olishi o'yinimizga tasirini o'tkazadi. Jamoamizdagi etakchilarning o'yinlari doim ham o'xshayvermaydi. Ular ham odam, qaysidir o'yinni muvaffaqiyatsiz o'tkazishlari mumkin. Terma jamoalarda katta tanaffus bo'ladi. Bu shunday mexanizmki, huddi avtobus haydovchisi bir oy tatilga ketsayu, qaytib kelganda undan qanday foydalanishini tushunib olishi uchun vaqt kerak bo'lgandek. O'yin amaliyoti yo'q bo'lgani ham tasirini o'tkazadi. Ha, to'g'ri aytyapsiz, bizda stabillik yo'q.

Reyting: +2   

Fikrlar

+4   
03 noy 07:02:08
Soccerland777
Tan olish kerak, Vadim Abramov superliga murabbiylari ichida o'z fikrini bosiqlik va teran tushuntirib beradigan yagona murabbiy. Intervyusi doim qiziqarli.
+3   
03 noy 09:45:19
Google User
Vadim Abramov kuchli murabbiy, so'ragan narsasini topib bersangiz, u Dinamo bilan keyingi yili yaxshi natija qiladi. Hokimlik Dinamo uchun mashg'ulot bazasi topib berishi kerak. Abramov katta narsa so'ramayapti. Bu yil ham yo'qdan yo'ndirib Abramov shu darajaga olib chiqdi. Uni eshitish kerak. Homiylar qaramasa, faqat muxlislarni soni, ularni e'tiborini o'zi kamlik qiladi
+3   
03 noy 08:07:16
Eldor Ruziboyev
TEMUR foydalanuvchining fikriga javob berish
Baza va mashgʻulotlar maydoni seni qoʻlingda 5 ta liganer bor xech bir klubda bunchaliki yoʻq eng koʻp pul senlarga ketyapti yana talab qoʻyadi bu moʻylov
Samarqand shahar rahbariyati hatto Dinamo stadionida jamoaga mashg‘ulot o‘tqazishga qo‘ymaydi,xuddi mehmon jamoadek faqat o‘yinlarga tashrif buyuradi,bundan tashqari jamoada oyliklar juda past va vaqtida berilmaydi,5 ta legionerning hammasi klubsiz qolgan erkin agentlar,ular avvalgi jamoalarida ishi yurishmaganligi sabab Dinamoga kelgan,Vadim Abramov ularni qaytadan kashf qilmoqda!
+3   
03 noy 07:20:53
Baxti01010101
Хаммаси тугри, всё верно Вадим Карленович. 2 миллион ахолиси бор вилоятга албатта Чемпионлик учун курашадиган, Осиё майдонларида Юртимиз шарафини химоя кила оладиган жамоа булиши керак. Олимпия захиралари колледжининг яхши стадиони бор. Шу жойни база килиб берса хам булади. Энди вилоят рахбарлари яна хам яхши билишади узлари нима килишни. Динамо жамоамиз кузни кувонтириб, жадвалнинг юкори погоналарида юрса булди.
+2   
03 noy 14:03:23
Хуршиджон
ВАДИМ АБРАМОВ ХАКИКАТДАН ХАМ КУЧЛИ МУРАББИЙ ЭКАН БУ ЙИЛГИ ДИНАМО У́ЙИНЛАРИНИ КУ́РИБ БАРЧАМИЗ ГУВОХИ БУ́ЛДИК.
+2   
03 noy 09:50:51
Уткир Тошпулатов
Самарканд ва Бухорони бутун дунё билади.Клублари эса ачинарли ахвол.Бу уят узбек футболи учун
+2   
03 noy 09:23:55
Fast TV
Вадим тоғо Сизга маслаҳатим, Динамодан кетинг! Динамо бу оҳирги 10 йил ичида ҳеч қанақа соврин ололмайди! Сиззи уровениздаги клуб эмас Динамо! Самарқандликлар бой, унақа бунақа деб ютубда кариллаб гапиришади, буларни юзини мана битта футбол клуб кўрсатиб қўйибди қанақалигини. Динамо про лигага тушиб яна супер лигага чиқиб юраверади, Бухоро билан деярли бир хил, бир бирига жуда ўхшаш!
+1   
03 noy 12:23:32
Dima
Dinamoda kop bolganman. Oldin xam aytganman. Muxlislariga gap yoq
-3   
03 noy 06:07:00
TEMUR
Baza va mashgʻulotlar maydoni seni qoʻlingda 5 ta liganer bor xech bir klubda bunchaliki yoʻq eng koʻp pul senlarga ketyapti yana talab qoʻyadi bu moʻylov
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика