So’nggi yangiliklar

19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  0 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  0 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  4 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  5 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  0 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  2 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  6 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  8 16:069 нафар ҳакам ўйин натижаларига таъсир кўрсатишда гумонланмоқда  5 15:55Эшитдик-да! "Навбаҳор" яна икки нафар бразилиялик футболчини олиб келмоқчи  11 15:32Улар ҳақида эртага ҳам гапиришади: биринчи давранинг кашфиётлари кимлар бўлди?  1 15:10Авазбек Ўлмасалиев: "Иккинчи даврада ўз ўрнимизни қайтарамиз, ОКМК курашдан чиққани йўқ"  0 14:45Энрике Доннарумма ҳақида: "Жижжо яхши инсон эканини ҳамма билади. Мусиалага тезроқ соғайишини тилаймиз"  6

Vadim Abramov: "Bir-ikki futbolchilarimning ko'rinishini yoddan chiqarib yubordim" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Bir-ikki futbolchilarimning ko'rinishini yoddan chiqarib yubordim"

"Lokomotiv" - "Mashal" (3:1) uchrashuvidan so'ng bo'lib o'tgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov ishtirok etdi.
- Ivan Nagaevning harakatlarini qanday baholaysiz?
- U juda harakat qildi, vaziyatlardan unumli foydalana olganida yaxshi bo'lardi. Hozir gol ursa barchasi yaxshi bo'lib ketadi.

- Osiyo o'yinlari biz uchun tugagach "Paxtakor" o'z futbolchilariga chipta olib tezda O'zbekistonga qaytishini taminladi. "Lokomotiv"da bunday imkoniyat yo'qmidi?
- Futbolchilarni olib kelish uchun Koreyani samalyot yuborishimiz kerakmidi balki. "Paxtakor"da balki shunday imkoniyatlari bordir. Lekin biz futbolchilarni qo'yib yuborganimizdan keyin ularni yana o'zimiz qaytarib olib kelishimizni bilganimizda harakat qilgan bo'lardik. Biz "Lokomotiv"miz, poezd yuborishimiz mumkin edi (kuladi).

- Oddiy muxlis sifatida bugungi o'yin sizga yoqdimi?
- Menga bugungi bahs yoqmadi. Sababi taqvim shunday tuzilganki, o'yinlar chiroyli bo'lmaydi. Hozir turli 6 nafar futbolchimiz yo'q. Endi ikki hafta dam olamiz. 12 noyabrgacha chempionat tugatish kerak. Taqvim tuzayotganlarga buni aytib charchadik. 2 oyda uchta o'yin o'tkazdik, endi qolgan vaqt ichida qolgan barcha o'yinlarni o'tkazishimiz kerak.

- O'zbekiston oliy ligasida kelishilgan o'yinlar borasida mish-mishlar ko'payib ketdi. Bizda shunday o'yinlar bormi?
- Kelishilgan o'yinlar? Siz menga aniq bitta o'yinni ayting, masalan bittasini ayting?

- Masalan, internet nashrlarida Zominda ketma-ket ikkita o'yinda 5:4 hisobi qayd etilgani ko'p yozildi.
- Biz ham o'sha stadionda o'ynagandik. Men shunday degandim: Bu erga "Milan" va "Barselona" kelib futbol o'ynashsa 9ta gol urishning imkoni yo'q. Ular esa 9ta gol urishdi, lekin bu degani o'yin kelishilgan degani emasku. O'sha bahslar kelishilganmidi yoki yo'qmi buni aniq bilmayman. Buni aynan o'sha erda ishlaydiganlar biladi. Men esa yo'q.

"Paxtakor" bilan o'yinni qachon o'tkazilishini bilmayman. Zaxira kunini terma jamoaning o'yinidan oldin qo'ygan odamni qanday atashni ham bilmayman...

O'zim ham terma jamoada ishlaganman. Lekin o'sha vaqtda klublarni ham o'ylardim. Klublarning taqvimini ko'rib chiqardim. OCHLda muhim o'yinlar bo'lsa o'sha klubdan kamroq yoki umumn futbolchi chaqirmagan vaqtlar ham bo'lgan edi.

Osiyo o'yinlarida ishtirok etgan "Lokomotiv" futbolchilaridan faqat bittasi Fozil Musaev Toshkentga etib keldi. Qolganlar yo'q. Balki terma jamoadagilar finalni ko'zlab chiptalarni kechroqqa olishgandir, rosti bilmayman. To'g'risi bir-ikki futbolchilarim qanday ko'rinishda ekanini yoddan chiqarib yubordim.

14 oktyabrda terma jamoa safarda o'ynaydi. 17 oktbyarda esa biz "Olmaliq" bilan o'ynaymiz...

Bobur Yo'ldoshev oliy ligada kam o'ynagani haqida yozishibdi. Biz Avstriyada yig'in o'tkazishimizdan oldin Yo'ldoshev va Mustafoevga vizalar, chiptalar barchasi tayyor bo'lganida terma jamoaga chaqirib qolishdi. Ularni terma jamoada qoldirishga majbur bo'ldik. SHu bois qanday qilib yana uni ko'proq maydonga tushura olaman?

Terma jamoaning mag'lub bo'lishida ham Abramov aybdor deyishdi. Yo'ldoshevga gol ur debman, telefon orqali To'xtaxo'jaevga penalti ishla debman. Buni sog'lom odam yozmaydi. Oktyabr oyidagi yig'inga yana shu yigitlarni chaqirishdi, agar shunday degan bo'lsa nega yana chaqirishadi?, - deydi Abramov.

 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика