So’nggi yangiliklar

23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 23:00Бельгия. "Антверпен" - "Сент-Жиллуаз". Ҳамюртимиз захирада  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  1 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  1 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  1 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  12 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   5 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  2 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  3

Vadim Abramov: Astanaga o'zbekistonlik futbolchilar kelishi mumkin Yangiliklar

Vadim Abramov: Astanaga o'zbekistonlik futbolchilar kelishi mumkin

Astana klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov klub rasmiy saytiga intervyu berdi.
- Astana - jiddiy klub, uni oldiga katta maqsadlar qo'yilmoqda. Klub Evropa ligasiga yo'llanma olgan, shu bois ko'plab murabbiylar bu erda ishlashni istashadi.

- Taklifni qancha o'yladingiz?
- Umuman olganda ko'p o'ylaganim yo'q, shunday bo'ldiki mening va klubning fikri bir joydan chiqdi.

- Hozir Astananing o'yini haqida nimadir deya olasizmi?
- Men Astananing Aktobe bilan o'yinida bo'lgandim, shuningdek klubning o'yinlarini internet orqali tomosha qildim, shu bois umumiy tasavvurga egaman. Yaqinda yig'ilamiz, yigitlar bilan tanishamiz. Menimcha ish boshlaganimdan 1 oy o'tib futbolchilarning imkoniyatlarini bilib olsam kerak.

- Internetdagi xabarlarga ko'ra sizning sevimli uslubingiz 4-4-2 ekan. Astana keyingi yil 2 hujumchi bilan o'ynaydimi?
- Internetda doim ham to'g'risini yozishmaydi, ammo ikki hujumchi bo'lishi aniq, men hujumkorlikni yaxshi ko'raman. Meni jamoalarim doim hujum qilishadi. Taktika esa futbolchilardan kelib tuziladi.

- Klubga O'zbekistondan futbolchilar kelishi mumkinmi?
- Kelishsa ham ko'p emas. Menga kim o'ynashini farqi yo'q, shunchaki faqat o'yinlarini tomosha qilgan legioner futbolchidan ko'ra o'zing bilan futbolchini olib kelgan yaxshiroq.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика