So’nggi yangiliklar

22:15МЮ нархи 60 млн. фунт бўлган ҳужумчини сотиб олиши мумкин  0 22:00Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Сурхон"га енгилди  52 20:33"Реал" сардори жароҳатидан қутилди ва майдонга қайтишга тайёр  1 19:50"Реал" трансфер мақсадларининг биридан воз кечди  3 19:21"Ювентус" юлдуз ҳужумчиси учун бор-йўғи 20 млн сўрамоқда  5 18:44"Реал" Клублар ўртасидаги ЖЧдан кейин яна бир ҳимоячи билан шартнома имзолайди  3 18:18Лопетегининг сўровига биноан Ал Хайдос Қатар терма жамоасига чақирилди  7 17:45"Навбаҳор" футболчиси Беларусга йўл олмоқда  15 17:23Ўзбекистон Кубоги 1/8 финал босқичи ўйинларида ишловчи расмийлар билан танишинг  2 17:02"Динамо" ҳамда "Нефтчи" ўртасидаги қолдирилган баҳсга ҳакамлар тайинланди  4 16:41Қозоғистон футбол федерацияси президенти Ўзбекистон билан ўйин ҳақида баёнот берди  18 16:18Игорь Шквирин Европа клубига ўтиши нега барбод бўлганини айтиб берди  16 16:11"Бунёдкор" "Сўғдиёна"ни ранжитган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:38"Рома" "Борнмут" аъзосини харид қилмоқчи  0 15:12GiveMeSport дунёнинг энг яхши футболчилари рейтингини эълон қилди  5

Vadim Abramov: "Agar bunday vaziyatda penalti berilsa, har bir burchak zarbasida 11 metrlik nuqta ko'rsatilishi kerak bo'ladi" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Agar bunday vaziyatda penalti berilsa, har bir burchak zarbasida 11 metrlik nuqta ko'rsatilishi kerak bo'ladi"

Superliga-2024 birinchi turidan o'rin olgan "Navbahor" – "Dinamo" (3:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida qatnashdi.

–O'yin haqida

– O'yinni o'zingiz ko'rdingiz, bunga ortiqcha to'xtalmoqchi emasman. Bugungi o'yin menga yoqmadi, jamoamni bugun taniy olmay qoldim. Samarqanddan bizni qo'llab-quvvatlash uchun kelgan muxlislardan uzr so'rayman. Har bir jamoa raqib bergan imkoniyatdan kelib chiqib o'ynaydi. Demak, bugun bizga raqib o'ynashga bermadi. Bu mavsumning birinchi o'yini, keyingi uchrashuvlarda yaxshiroq o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz.

– Bugun ikki xil "Dinamo"ni ko'rdik. Birinchi bo'limda jamoa o'ziga o'xshamadi, ikkinchi taymda esa jamoangiz yaxshiroq harakat qildi. Bunga sabab nima?

– Ha, siz to'g'ri aytdingiz. Aytganimdek, birinchi taymda jamoamni taniy olmay qoldim. Biz qarshi hujumda o'ynamoqchi edik, ammo buni iloji bo'lmadi. Tinimsiz himoyalanish qiyin bo'ldi. Ikkinchi bo'limda o'zgarishlarni amalga oshirdik va o'yinni biroz yaxshiladik. Biroq, yana gol o'tkazdik. Bunday gollarni o'tkazish normal holat emas. Futbolchilarimiz bu kabi oddiy xatolar qilishlari noto'g'ri. Hisob 2:1 edi, ammo keyin penalti va VAR... O'sha vaziyatni ko'rdim. U erda ikki futbolchi o'zaro kurashga kirishgandi, kim birinchi raqibni ushlab qolgani ko'rinmadi. Hakamlar vaziyatni yakunini ko'rishdi, xolos. To'g'ri, men takroriy vaziyatlarni to'liq ko'rmadim. Lekin hakam vaziyatni VAR orqali ko'rayotganda men ham o'rnimdan turdim va VARga qaradim. To'p uchib kelayotganda Dushan kurashda edi. Hakam penalti qo'yganidan so'ng, bunga nima sabab bo'lganini  so'radim. Ular SHarofiddinovga ishora qilishdi. Takroriy vaziyatni to'liq ko'rish kerak. U erda kurash kechgandi. Agar bunday vaziyatda penalti berilsa, har bir burchak zarbasida 11 metrlik nuqta ko'rsatilishi kerak bo'ladi

– "Navbahor" klubining bu mavsumdagi imkoniyatlariga qanday baho berasiz?

– Bu futbol. Birinchi turdan bu haqida gapirib bo'lmaydi. O'z jamoamdan esa umuman ko'nglim to'lmadi, bunaqa yomon o'yin ko'rsatishimizni kutmagandim. "Navbahor" haqida esa fikr bildira olmayman. Ular bizni mag'lub qilishgan bo'lishsa, demak bizdan kuchliroqlar.

 Bugungi o'yinni o'tkazib yuborgan o'yinchilaringiz haqida gapirsangiz..

– Braziliyalik futbolchimiz kutilmaganda jarohat oldi. Bu albatta bahona emas. Bizda etarli o'yinchilar bor. Bugun o'yinni qo'liga olishi kerak bo'lgan o'yinchilarni taniy olmadim. Rasmiy o'yinlar baribir boshqa darajada ekanligini bilib oldik.

– "Dinamo" ikkinchi bo'limda o'zgargani haqida gapirib o'tildi. Jamoalar o'yinni o'zgartirish uchun tanaffus talab etilmoqda. Uchrashuv davomida o'yin uslubini o'zgartirishga nima halal beryapti?

– Biz o'zgarish qildik. Sxemani o'zgartirdik. SHu holatda ham ikkita gol o'tkazdik. 2:1 holatida ham umid bor edi. "Navbahor" esa bunga imkoniyat bermadi. Tanaffusda shunchaki taktik o'zgarish qilgandik. Albatta, o'yin davomida o'zgartirish ham mumkin. Biz o'yin davomida shu maqsadda futbolchilarni maydonga tushirdik, ammo vaziyatni o'nglashni uddalay olmadik.

– "Dinamo" mavsum oxirida jadvalning qaysi qismida bo'lishini kutyapsiz?

– Bu mavsumdagi birinchi o'yin. Xulosa chiqarishga ancha erta. Keyingi davrada o'z maydonimizda "Navbahor"ni qabul qilganimizda bu savolni bersangiz, javob berishim mumkin. 

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика