So’nggi yangiliklar

13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  0 12:52Ўзбекистонлик спортчиларнинг Париж Олимпиадасидаги иштирокидан ОНЛАЙН  0 12:31ЦСКА ҳужумчиси Греция клуби билан шартнома имзолайди   1 12:05Шерзод Файзиев қаерда?   6 11:50"Краснодар" бразилиялик футболчиси билан янги шартнома имзолади   0 11:29Леон Горецкага "Атлетико Мадрид" ва "Наполи" қизиқиш билдирмоқда  1 10:33«Олимпик» 7 нафар футболчи билан шартнома тузди  5 10:09Футбол, Ҳасанбой ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг  3 10:00УзПФЛ. «Нефтчи» етти нафар футболчини рўйхатдан ўтказди ва яна шунча футболчи билан хайрлашди  5 09:28FourFourTwo. Футбол тарихидаги энг яхши таянч яримҳимоячилар рейтинги тузилди  10 08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  19 08:25«Насаф» собиқ дарвозабони ва яна икки нафар футболчи. «Қўқон-1912» уч нафар футболчи билан шартнома тузди  1 07:55Канада терма жамоаси гуруҳда иккита учрашувда ғалаба қозонди, бироқ уларда ҳозирча 0 очко. Қандай қилиб?  2 07:24Бугун Доминикан Республикасига қарши майдонга тушамиз  26 01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  8

Va nihoyat futbol ko'rgandek bo'ldim Yangiliklar

Va nihoyat futbol ko'rgandek bo'ldim

O'zbekiston futboliga bo'lgan hurmat poezdga chipta sotib olgandi. Ketmoqchi edi boshi oqqan tomonga.

“Nasaf” — “Paxtakor” o'yinidan keyin shoshmaslikka qaror qildi. CHunki u Oliy Ligada futbol ko'rgandek bo'ldi.

“Sport-TV”ga rahmat!

Bu Qarshidan qilingan birinchi translyaciya emas. Yani, qandaydir yangilik ko'rganimiz yo'q. Biroq o'yin ahamiyatini tushunib, uni to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatishga bo'lgan harakati uchun rahmat.

Oliy Ligada yaxshi o'yinlar bor. SHunchaki uni butun O'zbekiston ko'ra olmayapti. SHu mavsumning o'zida “Navbahor”, “Qo'qon-1912”, “Buxoro”, “So'g'diyona” ishtirokida ko'rishga arzigulik o'yinlar bo'ldi. Faqatgina TV kameralari unga etib bora olmadi. Agar 2018 yildan boshlab deyarli barcha uchrashuvlarni jonli ko'rsatishning imkoni topilsa, mamlakat futboli bir emas, 3—4 qadam oldinga tashlaydi. Oliy Liga o'yinlarini PFL xodimi yoki qandaydir hakam nazorat qilishi emas, uni butun O'zbekiston ko'rishi kerak, tamom! O'zaro tiyib turish funkciyasi ishga tushganidan keyingina bilgan bir narsasini eydigan har qanday odam o'zini bosib oladi.


“Paxtakor”ga rahmat!

Arveladze jamoasi tanqid qilindi. Murabbiy o'rtamiyona ekani ko'p bor eslatildi. Men esa shoshmay turishni lozim deb bilaman. Zamonaviy futbolga qarang, kim yarim yilda natija qila oldi? Mourino “Yunayted”ni olgan mavsumida 6-o'rin bo'ldi. Kuman “Everton”ni o'zgartirib, hech narsa qilolmadi. Gvardiola “Siti”dagi ilk mavsumida qiynaldi va hokazo. SHota bilan shartnoma 1,5 yillik. U haqdagi xulosani kelasi mavsumga olib qo'yish kerak.

Tortishuvli vaziyatlarda “Paxtakor” legionerlari o'zini professional tomondan ko'rsatgani quvontirdi. Simich bilan bo'lgan vaziyatni bosimni Jasur Hasanov keltirib chiqardi. Marko o'zini bosib turdi. Kanyuk ham, qolganlar ham keskinlikka intilmadi. SHerzod Karimov haqida fikrim aksincha, uning qanday harakterga ega ekani haqida hammamiz yaxshi bilamiz. Lobanov o'yindan keyin muxlislarga hurmatini ko'rsatib qo'ydi. O'yin vaqtidagi holatlar uchun Hasanov ham, Karimov ham kechirimli. Ular borini berib o'ynashi, keskinlik keltirib chiqarishi normal holat. O'zimiz sog'ingandik Toshkent yoki vodiyning sara derbilarini, kecha shunday bo'ldi. Arveladze esa butun stadion kulayotgan vaqtda ham qo'llarini ko'tarib, stadionga qarsak chalib qo'ydi. Bu haqiqiy professionallik.


Hakamga rahmat!

PFLning uchrashuvga hakamlar tayinlash siyosatini ko'rdik. Bu alohida mavzu. Ermatov tushunarli, OCHL finaliga borishi va jiddiy tayyorlanishi kerak. Biroq darvoza ortiga 2 ta yaxshi hakamni qo'yish absurddek ko'ringandi. Qodirov esa kecha o'ta mushkul vazifani yaxshi uddaladi. O'yinni buzishi mumkin bo'lgan harakatlari bilan yodda qolmadi. Bunga 2 ta sabab bor. Birinchisi “Sport-TV” translyaciyasi va ikkinchisi “Nasaf”...


“Nasaf”ga rahmat!

...chunki “Nasaf” hakam aralashishi mumkin bo'lgan holatlarga umuman imkoniyat qoldirmadi. Agar jamoa yaxshi o'ynasa, hakamning qo'lidan hech narsa kelmasligini shu jamoagina ko'rsatib berdi. Berdiev nohaqlikdan qutulib qolishning eng yaxshi yo'li, raqibga umuman imkoniyat qoldirmaslik ekanini shogirdlariga uqtira olgan. Vazifa shu qadar yaxshi bajarildiki, yuqorida aytilgan Jasur Hasanov yoki Akmal SHorahmedovning agressiv harakatlari ham “Nasaf” uchun kerakli bo'ldi. Vaziyat shu qadar chigal bo'lsa, stadion to'lib o'tirsa, mana-man degan hakam ham etti o'lchab bir kesishga majbur bo'ladi. “Nasaf” yigitlari shuning uchun ham o'zini umuman ayamadi.


Jurnalistlarga rahmat!


Senlarga o'zi nima kerak, nima istaysanlar va shunga o'xshash sassiq gaplar bilan chiqish qiladigan muxlislarga javobimiz — Qarshidagi o'yin bo'lsin! Faqatgina shu safar jurnalistlar o'yindan keyin chiqish qilmadi. O'yin boshlanmay turiboq, hatto Berdiev terma lageriga ketmasdanoq jurnalistlar Qarshidagi o'yin haqidagi chiqishlarni kanda qilmadi. “Paxtakor” o'yinida ishlagan hakamlar tinimsiz gapirildi, faktlar tinimsiz ko'rsatildi. Mevasini Qarshida hamma ko'rdi. SHuning uchun hamma o'z ishini bilib qilgani yaxshi.

Mana shunday markaziy o'yinlar kerak. “Bunyodkor”ning Buxoroda 4 ta gol o'tkazishi, “Nasaf”ning “Paxtakor”ga 4 ta urishi, Qo'qonning hamma uchun dahshatli maydonga aylanib qolgani va hokazo. Ko'rinmoqdaki, muxlislar harakatda, TV bir nimalar qilmoqchi, futbol saytlari allaqachon rahbariyat tinchini buzmoqda, jamoalar o'ziga kelmoqda. “Lokomotiv” yil boshidanoq o'z princilarida harakat qilgani uchun chempion bo'ldi. “Bunyodkor”, “Paxtakor” kabilar esa eski hammomni mavsum o'rtalarida qayta qurishdi. Yo'qsa, “temiryo'lchilar”ga ham oson bo'lmasdi.

Endi PFL ishlashi kerak. Qarorlarini o'ylab chiqarishi kerak. O'yinlar vaqtini ish kuni tush vaqtiga qo'yishi, Amerika kashf qilishi shart emas. Futbol tajriba quyonchalarini o'ldira-o'ldira bugungi holatiga keldi jahonda. Biz esa quyonlarni so'yishni endi boshlayapmiz. O'rganaylik, kuzataylik va eng to'g'ri yo'lga tushib olaylik.

Muallif :
Reyting: +156   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика