"UZREPORTTV"da Evro-2016 o'yinlarini kimlar sharhlaydi?
09 iyu 2016 18:15
Yangiliklar
"UZREPORTTV"da Evro-2016 o'yinlarini kimlar sharhlaydi?
Telekanalning "Feysbuk"dagi sahifasi bergan malumotga ko'ra, Evro-2016 uchrashuvlarining o'zbek tilidagi sharhlarini Alisher Uzoqov, Yoqubjon Bobojonov, Sanjar Rizaev va Davron Fayzievlar olib boradi.
Bundan tashqari O'zbekiston televideniyasi tarixida ilk marotaba Evro-2016 bahslari bir vaqtning o'zida 2 tilda sharhlab boriladi (o'zbek va rus). "O'zbektelekom"ning IPTV xizmatidan foydalanuvchilar pult orqali televizor yoki tyunerdagi maxsus bo'limga kirib, o'zlari istagan audio kanalni tanlab, Evro-2016 o'yinlarini o'zbek yoki rus tilidagi sharhda tomosha qilishlari mumkin bo'ladi.
Rus tilidagi sharhlar esa Otabek Jo'raev, Jasurbek G'aybullaev, 2010 yil Rossiyaning "NTV Plyus" telekanali tomonidan o'tkazilgan sharhlovchilar konkursida finalga qadar etib borgan hamyurtimiz Aziz G'ulomov va yaqindagina 50 yoshini qarshilagan mashhur futbol yulduzi, 12 Osiyo o'yinlari g'olibi Azamat Abduraimovlar tomonidan olib boriladi.
SHu bilan birga Rossiyaning "MATCH TV" telekanili taniqli sharhlovchisi Aleksandr Elagin yurtimizga tashrif buyurgan holda, Evro-2016 o'yinlarini pley-off bosqichidan boshlab finalga qadar "UZREPORTTV" telekanali orqali sharhlab boradi.
Fikrlar