So’nggi yangiliklar

13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  0 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  2 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  6 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  10 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  13 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12

"UzReport" telekanali sport tahririyati bosh muharriri Parijda! Yangiliklar

"UzReport" telekanali sport tahririyati bosh muharriri Parijda!

Teglar :  EVRO-2016UzReport
Ertaga Franciyadagi Evropa chempionatining final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

O'zbekiston hududida ushbu musobaqani namoyish etish huquqini qo'lga kiritgan "UzReport" telekanali EVRO-2016ning ortda qolgan barcha o'yinlarini namoyish etdi. Ertangi final uchrashuvi munosabati bilan telekanal "Sport" tahririyati bosh muharriri Yoqubjon Bobojonov Franciya poytaxti Parij shahriga jo'nab ketdi.

Hamkasbimiz ertaga finaldan oldin Sen-Denidagi "Stad De Frans" stadionidan turib O'zbekiston bilan aloqaga chiqishni rejalashtirmoqda. Demak final uchrashuvi bo'lib o'tadigan stadiondagi muhitini yurtdoshlarimiz "UzReport" telekanali orqali his etishlari mumkin bo'ladi.

"Stad de Frans" stadioni


"Bugun Parij shahriga etib keldik. Katta futbol bayramiga tayyorgarlik ajoyib tarzda davom etmoqda. Final uchrashuvi bo'ladigan "Stad De Frans" stadioniga borib tegishli akkreditaciyani oldik. O'yingohda ham tayyorgarliklar avijda. Butun Franciya xalqi milliy terma jamoadan g'alaba kutmoqda. Bundan tashqari ko'chalarda Portugaliya terma jamoasi muxlislarini ham uchratish mumkin. Parijda mehmonlar soni soat sayin ko'payib bormoqda. Dunyoning turli burchaklaridan kelgan muxlislar bilan gaplashdik. Ko'pchilik ikala jamoaning imkoniyatini teng baholashmoqda.

Finalga mutaxassislar orasida ham qiziqish tabiiyki katta. Biz joylashgan mehmonxonada italiyalik dunyoga mashhur murabbiy Fabio Kapello hamda rossiyalik sobiq futbolchi Valeriy Karpin istiqomat qilmoqda. Ular tegishli telekanallar bilan shartnoma tuzishgan va ertangi final vaqtida ushbu telekanallarga ishlashadi.

Mashhur Fabio Kapello bilan


"UzReport" telekanali professional tarzda ishlashni joriy etishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. SHu bois katta musobaqalar finallariga xodimlar yuborish yo'lga qo'yildi. Evropa chempionlar ligasi finalida telekanalimiz vakili Aziz Qudratov ishtirok etdi. Mana endi Evropa chempionati finaliga ham telekanal o'z vakilini yubordi. Eng asosiy maqsadimiz ertangi katta o'yin muhitini voqea joyidan turib O'zbekiston xalqiga etkazish", - deydi "UzReport"  telekanali "Sport" tahririyati bosh muharriri Yoqubjon Bobojonov.

"Eyfel" minorasi atrofida odamlar gavjum

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика