So’nggi yangiliklar

07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  0 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  2

Uyqudan uyg'ongan jamoalar jangi Yangiliklar

Uyqudan uyg'ongan jamoalar jangi

Teglar :  XorvatiyaIspaniya
Bugun Evro-2020 nimchorak finalidan o'rin olgan Ispaniya - Xorvatiya bahsi bo'lib o'tadi.

Croatia

Pedri - 20', Mislav Orsic - 85', Mario Pasalic - 90'

EURO Final Stage . 1/8-tur

28/06/2021, 22:00

5
:
3
Finished AET

Spain

Pablo Sarabia - 38', Cesar Azpilicueta - 57', Ferran Torres - 77', Alvaro Morata - 100', Mikel Oyarzabal - 103'

Stadion: Parken, 22771 tomoshabin

Bosh hakam: Cuneyt Cakir

45'
90'
120'
20'  Pedri
46'  Bruno Petkovic (Andrej Kramaric)
67'  Ante Rebic (Mislav Orsic)
73'  Marcelo Brozovic
73'  Josip Juranovic (Josip Brekalo)
79'  Mateo Kovacic (Ante Budimir)
79'  Nikola Vlasic (Mario Pasalic)
84'  Duje Caleta-Car
85'  Mislav Orsic
90'  Mario Pasalic
90'  Mislav Orsic
114'  Luka Modric (Luka Ivanusec)
38'  Pablo Sarabia
38'  Jose Gaya
57'  Cesar Azpilicueta
57'  Ferran Torres
71'  Pablo Sarabia (Dani Olmo)
71'  Eric Garcia (Pau Torres)
77'  Ferran Torres
77'  Pau Torres
77'  Jose Gaya (Jordi Alba)
77'  Koke (Fabian Ruiz)
88'  Ferran Torres (Mikel Oyarzabal)
100'  Alvaro Morata
100'  Dani Olmo
101'  Sergio Busquets (Rodri)
103'  Mikel Oyarzabal
103'  Dani Olmo


Xorvatiya — Ispaniya o'zaro 8 marta to'qnash kelgan. SHulardan 3 tasida "shaxmatchilar" g'alaba qozongan bo'lsa, 4 bahsda "qizil furiya"ning qo'li baland kelgan. Bir uchrashuvda esa tomonlar murosa ko'chashini tanlashdi. To'plar nisbati — 9:15, ispanlar foydasiga.

Ikki jamoa o'rtasidagi uchrashuvlar tarixi uzoqqa cho'zilmasligining sababi sifatida Xorvatiya XX asrning 90-yillaridagina mustaqillini qo'lga kiritganini aytish mumkin.

Ushbu raqiblar o'rtasidagi dastlabki to'rtta o'yin o'rtoqlik maqomida o'tdi. 2012 yilgi Evropa chempionati guruh bosqichining so'nggi turida Navasning 88-daqiqada urgan goli ispanlarga g'alaba keltirdi va ispanlarni guruhdan chiqishni taminladi. Natijada ular o'sha turnirda g'alaba qozondi, xorvatlar esa pley-off bosqichidan chetda qoldi. 

To'rt yil o'tgach, xuddi shunday holat Franciya yashil maydonlarida yuz berdi. Yana so'nggi turda, yana o'yin yakunida gol. Ammo bu safar Perishich Xorvatiyaning 2:1 hisobidagi g'alabasini taminladi, lekin ikkala jamoa ham 1/8 finalga yo'l ola bildi. 

2018 yil 11 sentyabr kuni Elcheda ispanlar xorvatlarni 6:0 hisobida "yanchib tashladi". Ikki oydan so'ng xorvatiyalik himoyachi Tina Jedvayaning dubli xorvatlarga 3:2 hisobidagi g'alabani taqdim etdi.

Ispaniya turnirning eng yaxshi pressing tashkil qiladigan jamoasi hisoblanadi. To'pni raqibdan tezda qaytarib oladi.

Ispanlar to'pni egallab turishda katta ustunlikka ega bo'lishadi. SHveciya va Polsha bilan o'yinlarda jamoa g'alaba uchun etarlicha imkoniyatlar yaratdi, ammo so'nggi zarbani yo'llash muvaffaqiyatsiz tugadi. Slovakiya bilan bahsda noxush anana buzildi. Busketsning qaytishi ham katta rol o'ynadi.

Guruh bosqichida xorvat muxlislarining hafsalasi pir bo'ldi — doimiy optimal sxema qidirish, aql bilan o'ynaydigan hujumchining etishmasligi, sanoqli darajada keskinlik yarata olish hamda inglizlar bilan zerikarli o'yin.

Xuddi Ispaniya singari xorvatlar ham so'nggi turda muammolarini bartaraf etib, SHotlandiyani mag'lub etdi. Modrich va Perishich yaxshi formada, ammo bu xorvatlarga etarli bo'lmasligi mumkin.

Uyqusirab kelgan jamoalar uyqudan uyg'ongach, nima karomat ko'rsata olishadi? Kim yo'lida davom etadiyu, kim shirin uyqusiga qaytadi?

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика