So’nggi yangiliklar

17:54"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  0 17:22"Олимпиадада атмосфера ўзгача. Ҳар хил спортчиларни кўрасиз, улардан кўп нарсани ўрганса бўлади" — Абдурауф Бўриев  0 16:57Скамакка "Реал"га қарши Суперкубок учрашувини ўтказиб юборади  1 16:30"Реал" бош мураббийи Кепани қайтармоқчи  0 16:05Суперлига. 15-16-тур учрашувларининг бошланиш вақти маълум  1 15:41"Лейпциг" Хави Симонс қайтганини эълон қилди  1 15:30Гвардиола "Челси" бош мураббийини мақтади  1 15:03"Пахтакор"да ҳеч кимга асосий таркибдан жой кафолатланмаган" — Абдулла Абдуллаев  7 14:39"Бавария" ҳужумчисини ижарага бермоқчи  1 14:10Алонсо нуфузли нашр талқинида йилнинг энг яхши мураббийи бўлди  3 13:43Иброҳим Ибрагимов: "Мақсадим – "Пахтакор" билан яхши натижалар кўрсатиш"  2 13:30Футзал. ЖЧ-1996. Бразилия "требл" қайд этди  0 13:11"Милан" собиқ футболчиси Саудия Арабистони клубига ўтди  1 12:47Тимур Кападзе: "Олимпиада вақтида биз футбол эмас, бошқа ташвишлар ҳақида кўпроқ ўйлашга мажбур бўлдик"  36 12:17Бензема "ишдан бўшатган" мураббий Аргентинага йўл олди  2

Uy qamog'idan terma jamoagacha! Yangiliklar

Uy qamog'idan terma jamoagacha!

Teglar :  VardiLesterAngliya
Uch yil ichida beshinchi ligadan Angliya terma jamoasi futbolchisi darajasigacha ko'tarilgan Jeymi Vardi haqida...


Bahor kunlarining birida "Lester" futbolchisi Jeymi Vardi qizi va ayoliga sovg'a olish uchun do'konga kiradi. U sovg'alarni tomosha qilib turgan payti telefoniga xabar keladi.
Ushbu SMS xabar odatdagidan ko'ra boshqacharoq edi. Avvaliga salomlashish, tabrik va eng asosiysi - ushbu xabar Angliya terma jamoasi mamurlaridan biri Mishel Farrerdan kelgandi. Vardi ushbu xabarni qandaydir hazil deb hisobladi va telefonini cho'ntagiga solganicha, kassaga pul to'lab do'konni tark etdi.

Bir soatdan so'ng esa Jeymining telefoni tabriklar va qutlovlar bilan to'lib ketdi. Ular orasida jurnalistlarning intervyu uchun vaqt ajratishini so'rab yo'llagan iltimoslari ham bor edi. Ha, bu hazil emasdi... Vardining do'sti Endryu Mergan o'shanda ilk marotaba do'stining ko'zlarida yosh ko'rganini BBSga bergan intervyusida aytib o'tgandi. Malum bo'lishicha, usha paytgacha “Lester”ning 131 yillik tarixi davomida faqatgina 16 nafar futbolchi Angliya terma jamoasidan chaqiruv olgan ekan. Endi ular orasiga Jeymi Vardi ham qo'shilgandi.
Bundan 8 yil oldin. Bayram arafasi. Vardi kechki payt Oulertondagi tamaddixonalardan birida do'sti bilan ketib borardi. SHunda uning eshitish moslamasi ishlatadigan do'stiga ikki nafar ko'cha bezorisi tegajonlik qila boshlaydi. Jeymi bunga qarab tura olmadi. Ularga qarata faqat so'z bilan javob qaytarishni foydasi bo'lmadi. Natija esa – yarim yillik uy qamog'i bo'ldi. “Yaxshiyam menda DVD disklar kollekciyasi ko'p ekan”, degandi u intervyularidan birida.

Balki boshqa odam bo'lganida bu vaqt uyda o'tirgan bo'lardi. Biroq, uy – bu qamoq emas. Vardi sakkizinchi liganing “Stoksbrij” jamoasida o'ynay boshladi. O'yin kechki payt bo'lishini hisobga olsak, u faqat kechki payt jamoa bilan birga bo'lardi. Kunduzi esa uglerod zavodida ishlardi. Haftasiga 30 funt jamoadan, 70 funt zavoddan maosh olardi. U zavodda og'ir yuklarni ko'tarishga to'g'ri kelardi. Bazida esa zavoddagilarga qo'ng'iroq qilib futbolda jarohat olganini “aytib qo'yardi”. Bu albatta yaxshilab dam olish uchun bir bahona edi holos.
Uy qamog'i vaqtida Jeymi kechki payt 18:30 dan ertalabgacha uyda o'tirishi lozim edi. Bazida jamoa safarga boradigan bo'lsa Vardi faqatgina bir taym futbol o'ynay olardi. So'nga uni almashtirishar, futbolchi esa belgilangan vaqtgacha uyda bo'lishi kerak edi.

Oradan bir necha yil o'tib ota bo'lgan Vardi “Stoksbrij”dan ketib, beshinchi liganing “Flitvud” jamoasi safiga borib qo'shiladi.
“Flitvud”ning ho'jayini Endi Payli ushbu jamoani to'rtinchi ligaga olib chiqishni maqsad qilgandi. Jamoa futbolchilari o'sha vaqt Endining ishonchini oqlay olmayotgandilar: bo'lib o'tgan 6 ta turdan so'ng bor yo'g'i 3 ta gol. O'z vaqtida elektrik va pochtachilarga qarshi to'p tepib yurgan havaskor futbolchi Vardi esa to'rtta o'yinda uchta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi. Payli uni 150 ming funt evaziga o'z jamoasi safiga qo'shib olgandi. Futbolchi esa unga mavsumda 31 ta goli bilan javob qaytardi. Buning evaziga u o'sha mavsumda beshinchi liganing eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. To'g'ri, bir marta u mashg'ulotga kech qolgani uchun rahbariyat tomonidan jazolangandi. Qishda yalang'och holda mashg'ulot maydonda yugurish Vardi uchun jazo bo'lgandi o'shanda.
“Flitvud” to'rtinchi ligaga chiqdi. Payli esa uni bir million funt evaziga o'sha paytda ikkinchi divizion vakili bo'lgan “Lester”ga sotdi. Biroq bitta shart bilan: futbolchi agar Angliya terma jamoasiga chaqirilsa klubga yana bir necha yuz ming funt to'lab berishi lozim bo'lgan. Bu albatta ikkinchi divizion vakili bo'lgan klub vakillari uchun g'alati ko'ringan.
SHu yil iyun oyida esa Payli intervyularidan birida: “Lester”dagilar buning iloji yo'q deb o'ylagandilar. SHu sababli bizning shartlarimizga ko'nganlar. Biz hech narsa yo'qotmayotgandik, aksincha nimadir yutishimiz mumkin edi”.


“Lester”dagi ikkinchi mavsumda Vardi yana farzandli bo'ldi. Bu orada esa Vardi o'zining 16 ta goli bilan klubiga APLga qaytishga yordam berdi. Keyin esa MYU... O'sha o'yinning 16-daqiqasida hisob 0:2 bo'layotgandi. So'ngra Vardining to'p uzatishlaridan so'ng kiritilgan ikkita javob goli. Keyin esa Vardi ishlagan penaltidan kiritilgan gol. Keyin Vardining o'zining goli. Keyin esa hisob 5:3! MYU o'z tarixida ilk marotaba 2 ta gol farqi bilan oldinda borayotib yutqazib qo'ygandi. SHundan so'ng “Lester” uch oy g'alaba qozona olmagani muhim emas. Muhimi Roy Xojson 9 may kuni Vardining o'yinini kuzatish uchun “Lester”ning “Sautgempton”ga qarshi o'yiniga kelgandi... 7 iyun kuni esa Jeymi Dublindagi o'yinda Ueyn Runining o'rniga maydonga tushadi.
Vardi ushbu mavsumda ham to'xtab qolayotgani yo'q. Dunyoning eng kuchli chempionatida bazi jamoalardan ko'p gol kiritish, “CHelsi” yoki MYUning barcha hujumchilaridan ko'p gol urish... Endi Vardi terma jamoadan bo'ladigan chaqiriqlarni hotirjam qabul qiladi.


O'z vaqtida Gari Lineker terma jamoadagi debyutidan so'ng Angliya chempionatining eng yaxshi to'purariga aylangan, yarim yildan so'ng esa JCHda eng ko'p gol kiritgan. Vardi esa endi 28 yoshda, demak uning vaqti bor. Tamom!

sports.ru sayti asosida Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика