So’nggi yangiliklar

16:51"Пахтакор" Қаршида сўнгги дақиқаларда иккита гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  1 16:23"Барселона" Месси, Коутиньо, Куман олдидаги қарзларини ёпди  4 15:52"WhoScored" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатининг гуруҳ босқичи рамзий термасини тақдим қилди  8 15:15Факт: "Нефтчи" 17 йилдан буён меҳмонда "Қизилқум"ни юта олмаяпти  0 14:52“Нефтчи” академияси фаолиятини бошламоқда!  3 14:20Месси туғилган кунини нишонлади, Араухо уйланди, ПСЖда "ойлик чиқди". Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  4 14:10Котрина Кулбите: "Муносиб ўйин кўрсатиб, Осиё кубоги йўлланмасини қўлга киритишни мақсад қилганмиз"  1 13:54"Динамо" бир киши кам бўлиб "Қўқон-1912"ни ютган учрашувдан галерея  2 13:28Гвардиола Грилишнинг кам ўйнаётгани сабабини айтди  1 12:56Милан Митрович: “Футбол ҳаётга ўхшайди — ҳамма нарса режадагидек кетавермайди”  2 12:50Симоне Инзаги: "Пеп Гвардиола - энг зўри"  2 12:22Исломбек Исмоилов: "Нефтчи"га вилоят ҳокимининг таклифи билан келдим"  11 12:12Рафинья Нико Уильямс ҳақида: "Юқори сифатли футболчи"  2 11:44"Астон Вилла" "Челси" ва "Арсенал" қизиқаётган футболчиси учун 100 млн фунт талаб қилмоқда  1 11:16"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади  7

Usmon Toshev: "Muammolar o'yindan tashqarida ham bor" Yangiliklar

Usmon Toshev: "Muammolar o'yindan tashqarida ham bor"

Pro-liganing 18-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Buxoro" (2:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Usmon Toshev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.






- O'yin haqida

- Albatta, yutqazganimiz yaxshi bo'lmadi. Agar ko'rsatgan o'yinimiz haqida gap ketsa, men qoniqish hosil qildim. Yigitlar kuchli jamoaga qarshi yaxshi harakat qilishdi. Gollarni o'z xatolarimiz evaziga o'tkazib yubordik. Bunday xatolarni o'yinlar davomida to'g'rilab boramiz. Umumiy xolatda yigitlar yomon harakat qilishmadi. Yana takrorlayman, yutqazganimiz yaxshi bo'lmadi.

- Bugun "Buxoro" hujumchilari bir oz zaifroq ko'rinishdi. Fikringizcha, ularga nima etishmadi?

- Oldingi chiziqda Davron Isaqov o'ynadi, yaxshi hujumchi. Biz oldingi chiziqqa etib borishga qiynaldik. Nega deganda "Neftchi" tarkibida mahoratli himoyachilar bor. Biz 2 ta hujumchi bilan harakatlanishni istaymiz, lekin bunga vaqt kerak. Bazi zaif nuqtalarimiz bunga imkon bermaydi. Ko'p gol urish uchun 2 ta hujumchi shart emas, 1 nafar hujumchi bilan ham ko'plab gollar ursa bo'ladi.

- Klubning moliyaviy xolati qanday? Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

- Ketma-ket murabbiy almashishi jamoa o'yiniga o'z tasirini ko'rsatmasdan qolmaydi. Har qaysi murabbiyda turlicha uslublar bor. Biz hozirga kelib pala-partish o'yinni yo'qotdik, futbolchilar o'ylab, tartibli harakat qilishmoqda. Aytishim mumkin, o'yinda va o'yindan tashqari xolatlarda ham muammolarimiz bor.

- Futbolga muxlislar etishmayotgandek. Bugun uzoq bo'lsa ham "Buxoro" muxlislari Farg'onaga etib kelishdi. Ular o'yin boshlanganidan bir oz muddat o'tib, stadionga kiritilishdi. Bu haqda fikringiz qanday?

- Albatta, hamma jamoaga muxlislar etishmayapti. Bizga aytishdiki, keyingi uydagi o'yinimizda katta ehtimol bilan muxlislar qarshisida o'tkazamiz. Muxlislar bugun keyinroq kirishdimi? Bu yaxshi xolat. Futbol muxlislar bilan qiziq, albatta.

- "Buxoro"ga bugun birinchi va ikkinchi gol davomida motivaciya etishmagandek ko'rindi. Bu haqda fikringiz qanday?

- Motivaciya etishmadi? Bu nima deganingiz? Siz o'yinni yuqoridan ko'rdingizmi?

- Ha, o'yinni yuqoridan ko'rdim. 

- Agar pastdan ko'rganingizda, boshqacharoq fikr bildirardingiz. Bugun yigitlar juda yaxshi harakat qilishdi.

- Usmon aka, malum muddat Tojikiston terma jamoasini boshqardingiz. O'zbek futbolining Tojikiston chempionatidan farqi qanday? Masalan, bizda Superliga va birinchi liga o'rtasida yangi pro-liga tizimi yuzaga keldi...

- Hamma joyning ham o'z chempionati bor. Ularda ham, bizda ham rivojlanish ketyapti. Ularning o'z futboli bor, o'z sharoiti bor, bizda boshqa vaziyat. Taqqoslash to'g'ri emas, deb o'ylayman.

- Bir vaqtlar bizda "Paxtakor" klubi deyarli milliy terma jamosi bazasiga aylangandi. Hozirgi kunda Tojikiston chempionatida "Istiqlol" aynan shunday maqomga mosdek ko'rinmoqda. Bu to'g'ri fikrmi?

- Albatta, to'g'ri. Ayni damda Tojikiston terma jamoasida "Istiqlol"ning 10-11 nafar futbolchisi o'ynamoqda.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика