

Qizig'i shundaki, mazkur xalqaro seminarni OFK yo'riqchisi, taniqli murabbiy Usmon Toshev olib bordi. Seminar davomida Erkin Saidov, Otabek Mansurov, Sunnat Ro'ziev, Dilshod Atamuhammedov singari “Lokomotiv” murabbiylari o'z bilim va malakalarini oshirishdi.
Eslatib o'tamiz, “Lokomotiv”ning ikki yosh toifasidagi guruhi (2004 va 2006) Antaliyada o'tkazilgan “Antalya Cup” bolalar futbol festivalida ishtirok etib, yakunda “Loko-2006″ birinchi o'rinni, “Loko-2004″ esa uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi.








