Usmon Dembele qachon safga qaytishi ma'lum bo'ldi

21 yanv 2019, 16:59
"Barselona" futbolchisi Usmon Dembele 15 kundan so'ng jarohatidan forig' bo'lishi tahmin qilinmoqda.

Klub rasmiy saytining ma'lumotiga ko'ra, chap oyog'idan shikastlangan fransiyalikning davolanishi uchun 15 kun kerak bo'ladi. 21 yoshli forvard LaLiga 20-turidan o'rin olgan "Leganes"ga qarshi bahsda (3:1) jarohat olgan edi.

Endi Usmon Ispaniya kubogida "Sevilya" bilan bo'ladigan uchrashuvni, shuningdek, LaLigadagi yana ikki ("Jirona", "Valensiya") bahsni o'tkazib yuboradi.

O'xshash yangiliklar


Manba: fcbarcelona.com