Ushbu mavsumda faqatgina Kanselu Messidan yomonroq natija qayd etmoqda
25 jan 2022 23:28
Yangiliklar
Ushbu mavsumda faqatgina Kanselu Messidan yomonroq natija qayd etmoqda
Pleymeyker Lionel Messining PSJga o'tishi muxlislar kutgandek zafarli bo'lmadi.
Yanvar oyi yakuniga etdi, Leo esa Franciya chempionatida atigi bitta gol urishga muvaffaq bo'ldi, buning uchun darvozaga 44 ta zarba yo'lladi.
SHu tariqa, futbolchi tomonidan amalga oshirilgan zarbalarning golga aylanish ulushi taxminan 2% ni tashkil qiladi, bu Evropaning top-5 ligalaridagi barcha futbolchilar orasida ikkinchi eng yomon ko'rsatkichdir. Faqatgina "Manchester Siti" himoyachisi Joau Kanselu aniqlik borasida undan yomonroq ko'rsatkich qayd etgan, portugaliyalik futbolchiga bitta gol urish uchun 46 ta zarba kerak bo'lgan.
Fikrlar