So’nggi yangiliklar

01:57Ўзбекистон терма жамоаси янги мураббий қўл остида илк машғулотини ўтказди  2 00:49Мбаппе жароҳат сабаб Франция терма жамоаси билан машғулот ўтказмади  0 00:18Рональд Куман Натан Аке "Ман Сити"ни тарк этиши лозимлигини айтди  0 23:47Жейми Каррагер: "Аморимнинг янги йилгача ишдан хайдалиши муқаррар"  2 23:20Шенсни "Барса"га ўтишни хоҳламаганини ва бунга уни рафиқаси мажбур қилганини айтиб берди  2 22:47Миллий жамоанинг Каннаваро қўл остидаги бугунги машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  5 21:50Ямал "Реал"га қарши ўйнаши кутилмоқда  0 21:25"Арсенал" ва Райя ваниҳоят янги келишувга эришишди  1 20:55Жорди Альба мавсум якунида футболчилик фаолиятини якунлашини эълон қилди  3 20:23Гаттузо Каннаваронинг Ўзбекистон терма жамоасига тайинлангани ҳақида гапирди  15 19:58Хаби Алонсо "Реал"дан Вирцни кузатишни сўради  5 19:35Дракслер: "Қатарда нормал ҳаёт кечиришим мумкин..."  9 19:09"Арсенал" "Эмирейтс" стадионини кенгайтирмоқчи  0 18:42Лэмпард қўл остидаги "Ковентри" Чемпоиншипда пешқадамлик қилмоқда  1 18:13Петер Шмейхель: "Биз ўйнаган даврда жамоага мавсумда 10 очко келтиришимиз кутиларди, сўнгги йилларда бунинг аксига ўрганиб қолдик"  0

Ushbu mavsumda "Barselona"ga xalaqit bermagan 5 muammo Yangiliklar

Ushbu mavsumda "Barselona"ga xalaqit bermagan 5 muammo

Teglar :  Barselona
"Barselona" - Ispaniya chempioni.

Jamoa bu mavsumda LaLigada faqatgina bir uchrashuvda mag'lubiyatga uchradi, ikkita sovringa ega chiqdi. Garchi, mavsum boshlanishidan oldin jamoada bir necha muammolar ko'zga tashlangan bo'lsa-da, bu fantastik mavsum o'tkazishga xalaqit qilmadi.

5. NEYMARNING KETISHI

So'nggi yillarda Kataloniya jamoasining asosiy futbolchilaridan biriga aylangan Neymar 222 mln evro evaziga PSJga o'tib ketdi.

Bu jamoa uchun katta muammoga aylandi. Voqealar rivoji shunday tus oldiki, "Barselona" Neymar ishi bilan band bo'lib qoldi va hadeganda ham yangi futbolchi izlayvermadi. "Barsa" muxlislari esa "MSN" triosi buzilib ketmasligini istagandi.

Biroq barchasi "ko'k-anorranglilar" zarariga ishladi. Neymar ketdi, uning o'rniga "Borussiya"dan Usmon Dembele transfer qilindi. Yanvar oyida esa Filippe Koutino sotib olindi.

4. SUPERKUBOKDAGI TAHQIRLANISH

O'zining uzoq yillik principial raqibiga mag'lub bo'lish - juda yomon ish. O'tgan yozda "Barselona"ning Ispaniya superkubogida "Real"ga qay tarzda mag'lub bo'lgani ko'pchilikning yodida.

Neymar PSJga o'tib ketganidan keyin Kataloniya gigantining asosiy tarkibida muammolar yuzaga kelgandi. SHu boisdan "Barselona" barqaror darajaga tusha olmadi va jamoaning saviyasi "Real"dan pastligi bilinib qoldi. Ilk bahsda "Barsa" Kataloniyada 1:3 hisobida yutqazdi. SHu orqali "Real" ikkinchi bahsga qadar masalani hal qilib qo'ydi. "Santyago Bernabeu"da ham vaziyatlar o'zgarmadi. "Barselona"ning o'yinlari yorqin ko'rinmadi. O'sha o'yinlar orqali "ko'k-anorranglilar" kuchli jamoa emasligi aytilgandi va jamoa qattiq tanqid qilindi.

Biroq Valverde barchasini to'g'ri yo'lga qo'ydi va jamoani fantastik saviyaga olib chiqa oldi.

3. SUARESNING JISMONIY HOLATI

"Barselona" bu mavsumda bir qator qiyinchiliklarga duch keldi. Jamoa mavsumni past temp bilan boshladi. SHuningdek, Messining triosidagi futbolchilar o'zini ko'rsata olishmadi.

Urugvaylik Luis Suares ko'p bora yaxshi vaziyatlardan gol kiritishni uddalamadi. Faqatgina vaziyatlar emas, boshqa jihatlarda ham u oqsadi.

2014 yilda "Barselona"ga borib qo'shilgan hujumchi o'zining eng yomon mavsumini o'tkazayotgan bo'lsa ajab emas. U argentinalik maestroga etarlicha yordam bera olmadi.

2. DEMBELENING JAROHATI

Neymarning o'rniga katta summa evaziga transfer qilingan yosh "bolakay" o'zini ko'rsatishga vaqti etmadi. U tezda jarohat oldi.

Tibbiy tekshiruvlardan so'ng, franciyalik futbolchida jiddiy jarohat borligi va u kamida 6-8 hafta maydonga tushmasligi malum qilindi.

Oradan 7 hafta o'tib, u yana safga qaytdi. 20 yoshli futbolchi "Real Sosedad"ga qarshi o'yinda Paulinoning o'rniga zaxiradan maydonga tushirildi.

105 millionlik futbolchi borasidagi muammo "Barselona"ga tasir qilmadi. Dembele birdaniga Neymarning o'rnini bosib keta olmadi.

1. YANGI BOSH MURABBIY

O'tgan mavsumda Luis Enrike to'satdan jamoadan ketishini malum qildi. Bu kutilmagan qarorligini barcha bildi.

Uzoq muddat davomida "Barselona" yangi murabbiy izladi va Ernesto Valverdeni "postga qo'ydi". Albatta, hali top-jamoalarda ishlab ko'rmagan murabbiyning qanday salohiyatga ega ekanligini yaxshi bilmaymiz, biroq o'tgan mavsumda uning boshchiligidagi jamoa LaLiganing 7-pog'onasini egallagandi. Bu yomon natija emas albatta.

Mavsum juda yomon boshlandi. "Real" Superkubokda "Barselona"ni har tomonlama mag'lub etdi. Valverde va uning shogirdlari katta tanqidga uchradi, mag'lubiyatni ko'tara olmagan muxlislar uning ketishini istashdi. Ammo muammolar ortda qoldi, Valverde o'zini qo'lga ola bildi va jamoadagi tizimni to'g'ri yo'lga qo'ydi. Oqibatda uning "Barselona"si barchamiz kutgan o'yinni namoyish qilib bera oldi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика