So’nggi yangiliklar

20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  0 20:05U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 - 3:1 (матнли трансляция)  43 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  2 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  4 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  9 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   19 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6

Ushbu futbolchilar Angliyada ham o'ynab ko'rishlari kerak... Yangiliklar

Ushbu futbolchilar Angliyada ham o'ynab ko'rishlari kerak...

Bu futbolchilar dunyoning kuchli futbolchilari hisoblanadilar. SHuningdek, ushbu futbolchilarni Angliya CHempionatida ko'rish APL muxlislari uchun ham qiziq bo'lishi aniq!

Demak, boshqa chempionatlarda to'p tepadigan va APLda o'ynab keta olishi mumkin bo'lgan futbolchilar haqida gaplashamiz!


10. "Real"ning istedodli futbolchisi Isko madridliklar safida muntazam ravishda maydonga tusha olmayapti. Futbolchiga "Arsenal" tomonidan qiziqish borligini inobatga oladigan bo'lsak futbolchi "kanonirlar" tarkibida o'ynab keta olishi mumkin.


9. Mario Gyoce. "Bavariya". Germaniya terma jamoasining istedodli futbolchisini ham Angliya klublaridan birida ko'rish muxlislar uchun qiziq bo'lishi aniq.


8. "Borussiya D" futbolchisi Marko Roysga ham APLning bir qancha grandlari tomonidan qiziqishlar bor. MYU, "CHelsi", "Manchester Siti"lar shular jumlasidandir...


7. Iqtidorli Kevin de Bryune o'z vaqtida "CHelsi" futbolchisi hisoblanardi. Biroq, u ingliz jamoasidagi vaqtini Germaniya klublarida ijarada o'tkazdi. "CHelsi"dan "Volfsburg" safiga o'tganidan so'ng esa o'zining yorqin o'yinlarini ko'rsatishni boshladi.


6. Ayni paytda dunyoning eng kuchli hujumchilaridan biri hisoblangan Zlatan Ibragimovich faoliyati davomida hech qachon ingliz jamoalarida o'ynamagan. Uning o'zi esa yaqinda Mourino bilan birga ishlash istagi borligini aytib o'tdi. Ko'ramiz, vaziyat qay tarzda ko'rinish olarkin?


5. Neymar o'zi yaqinda "Barselona"ga keldi deysizmi? U Ispaniyada namoyish etayotgan o'yinini, ajobtovur fintlarini Messisiz ham namoyish eta oladi. Ishonavering!


4. "Real Sosedad" tarkibidan "Atletiko" safiga borib qo'shilgan Antuan Grizmann haqiqatdan ham kuchli futbolchi ekanligini madridliklar safida ham isbotlamoqda. Unga APLda qaysi jamoa mos kelgan bo'lardi? "Arsenal"mi yoki hujumchi borasida muammolarga duch kelayotgan MYUmi? Balki u "Liverpul"ga o'tar...


3. Dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biri hisoblanadigan Frank Riberining Angliyada bemalol o'ynab keta olishi uchun barcha narsasi etarli. Texnika, tezlik, jismoniy holat!


2. To'g'ri, Pol Pogba o'z vaqtida "Manchester Yunayted" azosi hisoblangan. Biroq, franciyalik yosh yarim himoyachiga o'z vaqtida imkon berilmagan. SHundan so'ng u "Yuventus" safiga yo'l olgan. Agar, u yana "Tumanli Albion"ga qaytadigan bo'lsa qaysidir jamoa aniq kuchayadi!


1. Va nihoyat Leooo Messi! Uni Ronaldu bilan taqqoslashsa ko'pchilik "Messi APLda o'ynab keta olmaydi" mazmunidagi fikrni bildiradi. Ammo, shunisi aniqki, argentinalik futbolchi Angliya Premer-Ligasining chiroyiga chiroy, ko'rkiga ko'rk qo'shib bera oladigan futbolchidir!


Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика