So’nggi yangiliklar

10:53U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистонлик ҳакамлар 2-турнинг иккита учрашувида ишлашади  1 10:27Sofascore. Майдонда 20 дақиқа ҳаракат қилган Ғаниев энг яхшиларидан бири бўлди  0 10:02«Реал Мадрид» чемпионлар «қотили». Мадридликлар ЧЛ рекордини ўрнатди  24 09:38Париж сари «юриш» бошланди. Ўзбекистон U-23 — Малайзия U-23 ўртасидаги учрашувдан ГАЛEРEЯ  1 09:10EЧЛ. Ҳафта футболчиси бўлишга номзодлар эълон қилинди  11 08:46Гвардиола: «Ман Сити» бугун ҳар томонлама ажойиб эди»  33 08:20Анчелотти кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  12 07:53EЧЛ. Кечаги учрашувларнинг «Man of the match»лари маълум  15 07:37БАА чемпионати. «Шабаб Ал Аҳли» меҳмонда мағлуб бўлди. Ғаниев захирадан майдонга тушди ва ассист қайд этди  0 04:45Чемпионлар лигаси 1/4 финал. "Манчестер Сити" - "Реал Мадрид" 1:1 (Пенальтилар 3:4)   11 04:40Чемпионлар лигаси 1/4 финал. "Бавария" - "Арсенал" 1:0   2 04:35ОЧЛ. "Ал Айн" - "Ал Ҳилол" 4:2   1 04:25U-23 Осиё кубоги. Вьетнам - Кувайт 3:1   0 02:50ЕЧЛ. "Реал Мадрид" пенальтилар сериясида "Ман Сити"ни мағлубиятга учратиб, ярим финалга йўл олди! Финал остонасидаги рақиб - "Бавария"  404 01:56ЕЧЛ. Киммихнинг голи "Бавария"ни ярим финалга олиб чиқди  32

China Cup-2019. O'zbekiston terma jamoasi yirik hisobda Urugvayga mag'lub bo'ldi Yangiliklar

China Cup-2019. O'zbekiston terma jamoasi yirik hisobda Urugvayga mag'lub bo'ldi

Urugvay hamda O'zbekiston o'rtasidagi China Cup-2019 musobaqasining yarim final uchrashuvi yakunlandi.

Urugvay - O'zbekiston 3:0

Gol: Pereyro 5, Stuani 24, 82.

Bosh hakam: Milorad Majich.

Urugvay: Muslera, Kaseres, Godin (Koates 63), Ximenes, Laksalt (Gonsales 61), Nandes (Rodriges 77), Vesino, Bentankur (Torreyra 70), Lodeyro (Sarachchi 61), Stuani (Gomes 83), Pereyro.

O'zbekiston: Quvvatov, Sayfiev, Ismoilov, Krimec, Hoshimov, Ahmedov, SHukurov, Sidiqov (Aliboev 72), Masharipov, Hamdamov (Mirzaev 65), SHomurodov (Bikmaev 65).

Ogohlantirishlar: Hoshimov 59, Sayfiev 63, Masharipov 79, Ximenes 86.


UCHRASHUV YAKUNLANDI! Urugvay - O'zbekiston 3:0

90+2. Masharipov raqib jarima maydonchasining o'ng qanotida jarima zarbasi ishlab oldi va uni o'zi o'yinga kiritdi. Muslera uzatilgan to'pni ilib oldi.

90+1. Asosiy vaqtga 2 daqiqa qo'shib berildi.

90. Vakillarimiz burchak zarbasini amalga oshirishmoqda. Uzatilgan to'p urugvayliklar tomonidan qaytarildi.

85. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan 20-raqamdagi Rodriges himoyachilarimizni osonlikcha aldab, darvoza tomon zarba berdi. Quvvatovdan seyv. Burchak zarbasi uzatilganidan so'ng Ximenes Sanjar Quvvatovga zarba berib yubordi. Hakam xushtagini chalib, qoida buzilganini ko'rsatdi.

82. GOL! 3:0. Yana Stuani. "Jirona" forvardi o'ng qanotdan uzatilgan to'pni darvozaga burib qo'ydi va hisobni yirik ko'rinishga keltirdi.

80. Masharipov ikkinchi qavatdagi kurashda qo'lini ishlatgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

79. Kristian Stuani uzoq masofadan Quvvatov qo'riqlayotgan darvozani nishonga olishga urinib ko'rdi. Zarba juda noaniq.

76. ZARBAAAA! Pereyro darvozamiz to'sinini sindirib yuboray dedi. Urugvaylik futbolchi jarima maydonchamiz ichidan gol urishga harakat qildi, ammo to'p to'singa tegib, o'yinga qaytdi.

75. Statistika. To'pga egalik qilish bo'yicha kichik ustunlik biz tomonda: 51%-49%

72. O'zgarish. Siddiqov o'rniga Aliboev maydonga tushdi.

71. Vesino hamda Hoshiov o'rtasida kelishmovchilik. Havodagi kurashda Davronning qo'li raqibiga tegib ketdi. Hakam futbolchilarni yarashtirishga urindi. O'yin davom etadi.

70. Urugvay terma jamoasi futbolchilari katta tezlikda qarshi hujumga o'tishji. Ushbu vaziyat Pereyroning uzoqdan bergan zarbasi bilan yakuniga etdi. Zarba noaniq.

67. Farruh Sayfievga sariq kartochka ko'rsatildi. Operatorlar nima bo'lganini ko'rsatishmadi.

65. O'zbekiton terma jamoasida o'zgarish. SHomurodov o'rniga Marat Bikmaev, Hamdamov o'rniga Sardor Mirzaev maydonga tushdi.

63. O'zgarish. Godin maydonni tark etdi. Uning o'rniga Sebastyan Koates o'yinga qo'shildi.

62. ZARBAAA!!! SHOMURODOVVV!!! Farruh Sayfiev o'z qanotidan to'pni jarima maydonchasi ichiga tashladi, SHomurodov to'pga Godindan oldinroq etib, bosh bilan darvozaga zarba berdi. Hujumchimizga biroz aniqlik etishmadi.

61. O'zgarish. Laksalt o'rniga Gonsales maydonga tushdi.

60. SHomurodov Osiyo Kubogidagi yurishini takrorlashga urinib ko'rdi. Eldor raqiblarini birin ketin alday boshladi va to'pni chaproqda ochilayotgan jamoadoshiga uzatishga qaror qildi, biroq urugvayliklar to'pni egallab olishdi.

59. Davron Hoshimov Laksaltga nisbatan qo'pollik ishlatdi va Majich tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.

57. To'pga egalik qilish bo'yicha kichik ustunlik vakillarimiz tomonda. O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari raqib himoyasidagi tirqishlarni topish bilan ovora. Hozircha hammasi samarasiz ketmoqda.

54. Urugvayliklar qanot orqali to'pni jarima maydonchasi ichiga tashlashdi, ikkinchi qavatdagi kurashda vakillarimiz ustun keldi, ammo futbolchilarimizning biroz etiborsizligi tufayli raqib yana to'pni egallab oldi va Quvvatov darvozasini nishonga olishga urindi. "Paxtakor" posboni xavfni bartaraf etdi.

51. Futbolchilarimiz raqibdan to'pni olishdi, ammo himoyadan chiqishda yana to'psiz qolishmoqda.

50. Masharipov to'p bilan raqib jarima maydonchasiga yaqinlashdi, ammo himoyachilar ko'pligi tufayli to'pni orqaroqqa qaytardi. Hujum qaytadan tashkil etilyapti

48. Urugvay katta kuch bilan oldinga o'tmoqda.

47. Hozircha tarkiblarda o'zgarish yo'q.

Urugvay: Muslera, Kaseres, Godin, Ximenes, Laksalt, Nandez, Vesino, Bentankur, Lodeyro, Stuani, Pereyro.

O'zbekiston: Quvvatov, Sayfiev, Ismoilov, Krimec, Hoshimov, Ahmedov, SHukurov, Sidiqov, Masharipov, Hamdamov, SHomurodov.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

- Jamoalar maydonga qaytishmoqda. 

TANAFFUS

45. Birinchi bo'lim yakunlandi. Urugvay - O'zbekiston 2:0

42. SHukurovdan yana bir zarba. Ikkinchi zarba ham darvozabonning o'ziga bordi.

40. Masharipov qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. U to'pni boshqa qanotga uzatayotganda raqiblar pasni ilib ketishdi va Stuani darvozabonimiz bilan deyarli birga bir chiqdi. "Jirona" futbolchisining biroz noaniq zarbasi tufayli hisob o'zgarmay qoldi.

38. Xavfli vaziyat! Stuani boshlagan hujumni Nandes gol bilan yakunlashi mumkin edi, ammo u qanotdan uzatilgan to'pni darvozaga burishga xatoga yo'l qo'ydi.

35. Statistika. Darvozaga berilgan aniq zarbalar bo'yicha O'zbekiston oldinda (3:2), biroq...

34. ZARBA! SHukurov Urugvay terma jamoasi darvozasiga zarba berdi. Muslera to'pni ushlab oldi.

32. XAVFLI VAZIYAT! Raqib jarima maydonchasi ichida bo'lgan SHomurodov to'pni havolatib chaproqqa uzatdi, ammo zarba beradigan futbolchi topilmadi.

29. ZARBA! Pereyro darvozamiz tomon aniq zarba berdi, ammo Sanjar Quvvatov to'pni ushlab oldi.

27. Vakillarimiz burchak zarbasi ishlab olishdi.

25. 2:0. Stuani! Futbolchilarimizning himoyadagi palapartish harakatlaridan so'ng to'p raqibga tushdi va Stuani jamoadoshidan kelgan to'pni darvozabonimiz ustidan tashlab qo'ydi.

21. Urugvay terma jamoasi futbolchilarining jismoniy holati juda yaxshi ekanligi ko'rinib turibdi.

20. Janubiy Amerika jamoasi yana seriyalik hujumlar amalga oshirdi. Futbolchilarimiz xavfni bir amallab bartaraf etishdi. 

18. Urugvay terma jamoasi urilgan goldan so'ng biroz orqaga qaytdi.

17. Zarba! Ahmedov jarima maydonchasi tashqarisidan raqib darvozasi tomon zarba bergandi, ammo to'p yo'liga urugvaylik himoyachi to'sqinlik qildi.

15. Vesino uzoq masofadan Quvvatov qo'riqlayotgan darvozani nishonga olishga urinib ko'rdi, biroz noaniq.

13. To'p nazorati biznikilarga o'tdi. Futbolchilarimiz qanotlarni almashtirib, hujum uyushtirishga harakat qilishmoqda.

5. GOL! 1:0. To'p qanotdan jarima maydonchasiga tashlandi, hech kim zarba bera olmadi, ammo urugvayliklar to'pni maydonda saqlab qolishdi va Gaston Pereyro jarima maydonchasi ichidan darvozani aniq nishonga oldi.

4. Urugvay hujumga o'tdi, o'ng qanotdan uzatilgan to'pni Krimec maydondan tashqariga chiqarib yubordi. Burchak zarbasi...

3. Hozircha to'p bilan ko'proq Urugvay muomalada bo'lmoqda.

2. Eslatib o'tamiz, Urugvay oq, O'zbekiston esa ko'k formada harakat qilmoqda.

1. Uchrashuv boshlandi.

- Uchrashuv bosh hakami Milorad Majich ikki jamoa sardori Diego Godin va Odil Ahmedovga murojaat qildi va ular bazi narsalarni kelishib olishdi. Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- Assalomu alaykum. Bir necha soniyalardan so'ng Urugvay hamda O'zbekiston o'rtasidagi uchrashuvga start beriladi. Hamma qiziq voqealarni shu erda o'qib borishingiz mumkin.



Reyting: -155   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика