UPL. “SHaxtyor” yirik g'alabaga erishib, peshqadamga aylandi
22 avg 2021 07:05
Yangiliklar
UPL. “SHaxtyor” yirik g'alabaga erishib, peshqadamga aylandi
Ukraina Premer ligasining 5-turida Doneckning “SHaxtyor” klubi safarda “CHernomorec”ni yirik hisobda talsim etdi.
Odessadagi “CHernomorec” stadionida kechgan bellashuvda maydon egalari 13-daqiqadayoq bir kishi kam bo'lib harakatlanishga majbur bo'lishdi. Jamoa yarim himoyachisi Bogdan Beloshevskiy qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Mehmonlar 34-daqiqada Sudakovning zarbasidan keyin hisobni ochgan bo'lishsa, Alan Patrik va Manor Solomonning gollaridan keyin yirik g'alabani tantana qildi.
“SHaxtyor” o'tkazilgan besh turdan keyin 12 ochko bilan turnir jadvalining birinchi pog'onasiga ko'tarildi. “CHernomorec” 3 ochko bilan 13-pog'onanini band etgan. “SHaxtyor”dan bir o'yin kam o'tkazgan “Dinamo” (Kiev) 10 ochko jamg'argan.
Fikrlar