Upamekano Franciya terma jamoasining yaqin o'yinlarida yordam bera olmaydi
31 avg 2021 18:07
Yangiliklar
Upamekano Franciya terma jamoasining yaqin o'yinlarida yordam bera olmaydi
"Bavariya" himoyachisi Dayo Upamekano Franciyaning JCH-2022 saralashi doirasidagi sentyabr oyida bo'lib o'tadigan o'yinlarida yordam bera olmaydi.
Bu haqda Franciya futbol federaciyasi xabar bermoqda.
Futbolchi "Gerta"ga qarshi o'yinda jarohat oldi. Milliy jamoada uni "Barselona" himoyachisi Kleman Langle almashtiradi.
Franciya sentyabrda Bosniya va Gercegovina (1 sentyabr), Ukraina (4 sentyabr) va Finlyandiya (7 sentyabr)ga qarshi o'ynaydi.
Fikrlar