"Uotford" futbolchisi: "Qora tanli o'yinchilarni kuchli, tezkor, baquvvat hisoblashadi, ammo menda yaxshi texnika bor"
18 may 2019 19:40
Yangiliklar


"Uotford" futbolchisi: "Qora tanli o'yinchilarni kuchli, tezkor, baquvvat hisoblashadi, ammo menda yaxshi texnika bor"
"Uotford" klubi yarim himoyachisi Abdulay Dukure o'zining o'yiniga baho berdi va qora tanli futbolchilarning holati haqida gapirdi.
"Birinchi navbatda men futbolchiman. Qachonki o'yinga tushsam, oyoq va boshimda fubol o'ynayman.
Bazida qora tanli futbolchilarni boshqacha baholashadi. Odamlar gapirishadiki: "U tez yuguradi, jismonan baquvvat va kuchli". Lekin, men yaxshi texnikaga ega bo'lgan yarim himoyachilardan biriman.
Faqat men emas, buni Eten Kapu, Pol Pogba va boshqa ko'plab futbolchilarga nisbatan ham aytish mumkin", – deya malum qildi Dukure.
Eslatib o'tamiz, bugun Toshkent vaqti bilan 21:00da "Manchester Siti" va "Uotford" jamoalari o'rtasidagi Angliya kubogining final o'yini o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar