Uolker maydonga qaytishga yaqin
10 dek 2014 22:29
Yangiliklar

Uolker maydonga qaytishga yaqin
"Tottenxem" himoyachisi Kayl Uolker bir necha oylik tanaffusdan so'ng yana yashil maydonga qaytishga yaqin.
Mushaklaridagi muammolar tufayli Kayl mart oyidan buyon maydonga tushgani yo'q. U yo'qligida jamoada o'ng qanotda markaziy himoyachilar Vlad Kirikesh va Erik Dayer o'ynashdi.
Uolkerning sog'ayib yana safga qaytishi "Tottenxem" ustozi Maurisio Pochettinoni quvontirib yubordi. Murabbiy Kaylni Evropa ligasi doirasidagi "Beshiktosh"ga qarshi bahsda o'ynatmoqchi.
"Balki men bir qator futbolchilarga xordiq olish imkonini berarman. Oldimizda o'yinlar juda ko'p, keyingi hafta Angliya Liga kubogi doirasida "Nyukasl" bilan o'ynaymiz. Jarohat olganlar ko'p, tarkibda bir qator o'zgarishlar bo'lishi tabiiy", - deydi Pochettino The Guardian nashriga.
"Tottenxem" Evropa ligasida pley-offga chiqishi uchun safarda "Beshiktosh"ga mag'lub bo'lmasligi kerak.

Fikrlar