So’nggi yangiliklar

08:20Мавсум якунида Ла Лигадан тушиб кетадиган яна бир жамоа номи маълум  0 07:51Аббосбек Файзуллаев кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди  1 07:24Дахшат. “Аякс“ чемпионликни ПСВга “совға“ қилмоқда  2 02:36"Милан" Италия кубоги финалида "Болонья"га имкониятни бой берди!  3 02:25Ла Лига. "Реал Мадрид" сўнгги дақиқада гол уриб, "Мальорка"ни мағлубиятга учратди. "Барселона" чемпионликни ўзи ҳал қилишига тўғри келади  42 00:55“Иштихон” бош мураббийи Миржалол Лоқаев: "Йигитларимиз уч ойдан бери маошсиз ўйнашмоқда. Вазият ўзгаришини кутяпмиз"  2 00:41Элдор Мойлиев: "Учрашувнинг 17:00га қўйилгани икки жамоага ҳам ноқулай бўлди"  1 00:31Виталий Левченко: "Ҳамма футболчимизда ОКМКга қарши майдонга тушиш имконияти мавжуд"  1 00:20Сервер Жепаров: "Нефтчи" каби рақибларга қарши камчиликлар яққол кўринади"  0 00:00ЦСКА "Зенит"га қарши пенальтилар сериясида ғалаба қозониб, Россия кубоги суперфиналига йўл олди! Файзуллаев захирадан майдонга тушди  14 23:55Сервер Жепаров Халқаро футбол ассоциациялари кенгашининг футбол бўйича маслаҳат гуруҳи аъзолигига қабул қилинди  2 23:25Флориан Виртцга Англиядан яна бир харидор пайдо бўлди  1 22:55Браим Диас жароҳати сабаб Ла Лигадаги кейинги ўйинни ўтказиб юборади  0 22:31Родриго: "Уйдирма тарқатишни бас қилинг"  7 22:01"Челси" Энцо Маресканинг келажаги бўйича бир қарорга келди  2

"Universiada - 2016" Mashalasi Farg'onaga yaqinlashmoqda Yangiliklar

"Universiada - 2016" Mashalasi Farg'onaga yaqinlashmoqda

Teglar :  Universiada
Kecha Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi O'zbekiston Fanlar akademiyasi “Fizika-Quyosh” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Materialshunoslik institutida “Universiada – 2016” sport musobaqalari mashalasini alanga oldirish marosimi bo'lib o'tgandi.

Bugun esa Mashala Farg'ona viloyati sari yo'l oldi.  “Universiada – 2016” mashalasi olib o'tiladigan shahar va qishloqlarda tantanali marosimlar, sportchilarning chiqishlari o'tkazilmoqda. Taniqli shoir va yozuvchilar, sanatkorlar, keng jamoatchilik vakillari, o'quvchi-yoshlar ishtirokidagi madaniy-marifiy va sport tadbirlari talabalarning yoshlik, go'zallik, birdamlik bayramiga hamohang kuy-qo'shiq va raqslarga ulanmoqda. Barchaning ko'nglida shodlik. Bugun farg'onaliklar yoshlik, shifoat bayramini o'zgacha ruhda kutib olishmoqda. Buni Mashala o'tayotgan paytda bilib olish qiyin emas.

Mashala marshruti masofasi 364,5 km bo'lib, shundan 338,5 km avtomobil va 26 km sportchilar estafetasi tashkil etadi. Toshkent, Namangan, Andijon viloyatlari va Farg'ona viloyati hududlarida mashala sharafiga keng jamoatchilik ishtirokida madaniy-marifiy tadbirlar o'tkazilmoqda. Mashalani eltadiganlar orasida sportchi yoshlar bilan bir qatorda Farg'onaning Dang'ara tumani, Qo'qon shahri, Uchko'prik, Bag'dod, Rishton, Oltiariq tumanlarida yashovchi taniqli insonlar, sport va mehnat faxriylari ham bor. Ko'ngillilar mashala o'tadigan ko'chalardagi aholini bu haqda xabardor qildilar.

Hozirga kelib Mashala Farg'onaga yaqinlashdi. Mashala  Dang'ara tumani, Qo'qon shahri, Uchko'prik, Bag'dod, Rishton, Oltiariq tumanlarini kesib o'tdi. Mashalani eltish marosimida yuqorida tilga olingan shahar ham tuman aholisi o'z hissasini qo'shmoqda. Farg'ona shahrida esa Mashalaning kelishi katta tantana bilan kutib olinishi rejalashtirilgan. Sanoqli soatlardan keyin hayajonli onlar boshlanadi.



“Universida-2016”: Ishtirokchilar tashrifi davom etmoqda

Bir necha daqiqalar so'ng, aniqrog'i, bugun soat 19:00da Farg'onadagi “Istiqlol” stadionida “Universida-2016” sport musobaqalarining ochilish tadbiri bo'lib o'tadi. Hozirga kelib musobaqa ishtirokchilari, rasmiy mehmonlar tashrifi davom etmoqda.

SHu paytga qadar Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari vakillaridan tashqari barcha ishtirokchilar Farg'onaga etib kelib joylashib bo'lishdi.

Universiada ishtirokchilari va mehmonlarining Farg'ona va Marg'ilon shaharlarida joylashgan tarixiy obidalar, muzeylar, teatrlar hamda yangi barpo etilgan inshootlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

SHuningdek. Musobaqalar jarayonida madaniy-marifiy tadbirlar dasturiga asosan viloyatning barcha shahar va tumanlarida mashhur sanatkorlar ishtirokida bayram shodiyonalarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Abror Dehqonov

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика