So’nggi yangiliklar

19:03Суперлига. "Навбаҳор" – "Бунёдкор" (матнли трансляция)  1 18:58FourFourTwo АПЛ тарихидаги энг кучли ҳимоячилар рўйхатини эълон қилди. Видич кучли бешликда йўқ  2 18:15Ўзбекистон футзал МТЖ Францияга ютқазди  5 17:54АПЛ тарихидаги энг яхши ҳужумчилар рўйхати эълон қилинди. Ҳоланд ва Кейн топ-10 таликдан жой олди  3 17:23Хитой футбол ассоциацияси собиқ вице-президенти 11 йиллик қамоқ жазосига ҳукм қилинди  6 16:55"Ал Насср" Роналдунинг ёнига Мессини олиб келса ҳам, "Ал Ҳилол"ни енга олмайди"  19 16:34FourFourTwo портали АПЛ тарихидаги энг яхши дарвозабон номини эълон қилди, бу Шмейхель эмас  4 16:12Манба: Эмери Феликсга ҳар куни қўнғироқ қилмоқда  2 15:50Перуда ғалати ҳодиса: футболчи ўйин пайтида қовуғини бўшатди  5 15:28Клопп қайтмоқда!  5 15:07Холанд: "Қизиқчи йигит"  1 14:53Сунъий интеллект АПЛнинг барча даврлар рамзий термасини тузди  20 14:32"Навбаҳор" – "Бунёдкор" учрашувини ким шарҳлаб боради?  8 14:15"Майдонга туш азартда, кўзинг қизил ғазабда!"  2 14:05"Пахтакор" Абдуманноповнинг дубли эвазига "Локо"ни таслим қилган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1

Unai Emeri. Xayrlashuv quchog'i Yangiliklar

Unai Emeri. Xayrlashuv quchog'i

Sehrgar yoxud maftunkor. Qizil uloqli qop-qora pidjak kiygan Unai Emeri yurish-turishlariyu, harakatlari bilan Ispaniya primerosining o'ziga xos belgisiga aylanib ulgurgandi.

Zero, u mamlakatning qaysi jamoasida ishlamasin, albatta, muvaffaqiyatga erishgan. Boshqacha ifoda etsak, Emeri boshqargan har bir jamoa yangi darajaga chiqqan. Uning qo'l ostida kuchaygan futbolchilardan esa bir emas, ikkita binoyidek terma jamoa shakllantirish mumkin bemalol. SHunday izlanuvchan murabbiyning La-liga bilan xayrlashgani Ispaniyada hech kimni befarq qoldirmadi. Xususan, AS nashri Emerining faoliyat yo'lini eslab, uni alohida etirof etdi.

2004-2006 yil. Lorka Deportivo. Emeri futbolchilik faoliyatiga aynan shu klubda nuqta qo'ydi va darhol murabbiylik sohasiga qadam tashladi. Yuqori natijalari: segunda B-2004|2005da pley-off bosqichi g'olibi; segunda-2005|2006da 5-o'rin. Yulduz shogirdi: Mark Bertran (keyinchalik Osasuna, Leganes va Saragosa klublarida o'ynadi). Etiborlisi, bu klub 2002 yili tuzilgan va mavsum-2012 arafasida qayta shakllantirilib, Lorka Deportivo nomini oldi. Ayni payt esa terser ligasida ishtirok etyapti.


2006-2008 yillar. Almeriya. Emeri o'z faoliyatidagi ikkinchi jamoaga yangi to'lqin olib kirdi. Yani uni elit ligaga olib chiqdi. Yuqori natijalari: segunda (mavsum-2006|2007)da 2-o'rin orqali primeroga ko'tarilish; kuchlilar qatorida 8-o'rin (mavsum-2007|2008). Yulduz shogirdlari: Diego Alves (Valensiya va Braziliya termasi), Pablo Pyatti (Valensiya va Argentina termasi), Alvaro Negredo (Sevilya, Manchester Siti, Valensiya, Qirol kubogi-2009|2010 sohibi, Evro-2012 g'olibi, Angliya chempionati-2013|2014 g'olibi). Aytgancha, Emeri ketganidan so'ng Almeriya sekin-asta pastga sho'ng'idi: 11-o'rin, 13-o'rin, 20-o'rin. To'g'ri, jamoa  mavsum-2012|2013da pley-off orqali primeroga qaytdi, biroq oradan 2 yil o'tib, elitani yana tark etdi. Boz ustiga, avvalgi mavsum segundada ham zo'rg'a jon saqlab qoldi.

2008-2012 yillar. Valensiya. Unai Emeri ko'rshapalaklar bilan murabbiylikdagi birinchi salmoqli sovrinlarini qo'lga kiritdi. Yuqori natijalari: primeroda qatorasiga 3 marta (2009|2010-2011|2012 yillar mavsumida) 3-o'rin, Barselona va Realdan so'ng. Yulduz shogirdlari: David Vilya (Ispaniya termasi, Barselona, Atletiko, Evropaning ikki karra chempioni, jahon chempioni, Ispaniyaning uch karra chempioni, CHL-2010|2011 g'olibi, Qirol kubogi-2011|2012 sohibi, JCH-2010ning eng yaxshi to'purari, Ispaniya termasi tarixidagi bosh goleador, 59ta gol), Xordi Alba (Ispaniya termasi, Barselona, Evro-2012 g'olibi, Ispaniyaning uch karra chempioni, Qirol kubogining ikki karra sohibi, CHL-2014|2015 g'olibi), Jeremi Matyo (Franciya termasi, Barselona, Ispaniyaning ikki karra chempioni, Qirol kubogining ikki karra sohibi, CHL-2014|2015 g'olibi), David Silva (Ispaniya termasi, Manchester Siti, Evropaning ikki karra chempioni, jahon chempioni, Angliyaning ikki karra chempioni, Angliya kubogi-2010|2011 sohibi), Xuan Mata (Ispaniya termasi, CHelsi, Manchester Yunayted, jahon chempioni, Evro-2012 g'olibi, CHL-2011|2012 g'olibi, EL-2012|2013 g'olibi, Angliya kubogining ikki karra sohibi), Ever Banega (Argentina termasi, Sevilya, Inter, Amerika kubogining ikki karra vice-chempioni, ELning ikki karra g'olibi), Odil Rami (Franciya termasi, Milan, Sevilya, EL-2015|2016 g'olibi). SHuningdek, Roberto Soldado, Aric Aduris, Sofyan Feguli, Dani Parexo va boshqalar.

2012 yil. Spartak. To'liq omadsiz davr. Yuqori natijasi: yo'q. Yulduz shogirdlari: yo'q. Bizga shunchaki, ishtiyoq etishmadi - o'sha jamoa sardori Dmitriy Kombarov CHL doirasidagi muhim uchrashuvda Seltikka yutqazilgan o'yin (2:3)dan so'ng shunday degandi va bu Emerining Rossiyada futbolchilar ko'ngliga yo'l topolmaganidan dalolat. Umuman, Spartakning keyingi taqdiri ham barchaga malum: klub Emeri bilan xayrlashganidan buyon o'sha etishmayotgan ishtiyoqni topganicha yo'q. Murabbiy esa atigi bir oydan ko'proq vaqt ishsiz yurdi va yana o'zini namoyon eta boshladi.



2013-2016. Sevilya. O'rtamiyona jamoani yarim-grandga aylantirishni o'z ichiga olgan ajoyib loyiha. Afsus, andalusiyaliklar yanada yuqoriga ko'tarilish uddasidan chiqishmadi yoki bu harakatni davom ettirishni istashmadi. Ehtimol, klubning futbolchi sotishga haddan ortiq moslashgani Emeriga qiyinchiliklar tug'dirgandir. SHu manoda taxmin qilish mumkinki, murabbiyning francuzlar (PSJ) chorlovini qabul qilishiga ham Sevilya sodiq qolayotgan tizim tasir o'tkazgan. Nima bo'lishidan qatiy nazar, Unaini tushunish kerak: axir u oddiy va abadiy savolga javob izlashga haqli - Emeri shunchaki, yaxshi murabbiymi yoki futbol olamida eng buyuklar qatoriga kirishga qodir? Ha, ELda ketma-ket uch marta g'alabani tantana qilish ajoyib, lekin CHL atalmish bosh turnir ham bor-da. Bu musobaqada g'oliblik nashidasini surish esa, Sevilyadan chiqqanlar orasida birgina sobiq sardor Ivan Rakitichga nasib etdi. Bilasiz, xorvat yigiti Barselona libosida oliy kubokni boshi uzra baland ko'tardi. Lekin futbol olami endilikda Andalusiya jamoasi bag'rida, Emeri boshqaruvida yuksaklikka talpingan Karlos Bakka, Kevin Gameyro, Vitolo, Gjegoj Krixovyak, Visente Iborra va Serxio Riko kabi yigitlarni ham juda yaxshi taniydi. Bu ro'yxatni bemalol yana davom ettirish mumkin. Har kuni ertalab Sevilyaga minnatdorchilik tuyg'usini his etgan holda uyg'onaman. Klub bilan bosib o'tgan yo'limizni unutishim mumkin emas. Axir bu erda 3,5 yil ishlagan bo'lsam, har mavsumning finishi, yo'q, har bir lahza ajoyib o'tdi. Biz birgalikda juda qiziqarli loyihani amalga tatbiq etdik, maqsad sari tobora dadilroq intildik. Deylik, Pisxuanga CHempionlar Ligasi gimnini qaytardik. Evropa Ligasining 3ta kubogi esa barchasini yaqqol ko'rsatib turibdi. Ishoning, bunday aloqani uzish g'oyat qiyin va alamli. Xullas, klubdan hamma - futbolchilar, rahbariyat, muxlislar, shuningdek, mening ishimga befarq qaramagan chetdagi kishilarga tazim qilgan holda ketyapman. Minnatdorchilikni to'liq bayon etishim uchun har qancha gapirsam oz. Ortda qolgan vaqt davomida biz bilan birga bo'lgan barcha-barchani samimiy quchoqlab qolaman, - deya yozdi Unai o'zining vidolashuv maktubida. SHubha yo'qki, u bularni qandaydir andazaga qarab emas, balki qalban bitgan. Zero, Unai Emerining Sevilyada doimo aynan shunday hissiyotlar og'ushida ish olib borganiga shubha yo'q.

Sports.ru - H.MASAIDOV tayyorladi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика