So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  5 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  7 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  112 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  849 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Unai Emeri: Futbol qonimda bor Yangiliklar

Unai Emeri: Futbol qonimda bor

Sevilya bilan yuqori natijalarni qayd eta olgan mutaxassis Unai Emeri yaqinda PSJ bosh murabbiyi etib tayinlandi.

U parijliklarning yangi ustozi sifatida ilk bora Franciyaning L`Equipe nashriga intervyu berdi. Quyida ana shu suhbatni o'qishingiz mumkin.

- Mashg'ulotlarda futbolchilar bilan tengma-teng yuguryapsiz. Bu sizning murabbiylik usulingizmi?


- Usulim o'z-o'zidan paydo bo'lgan. Futbolchilar bilan yaqin aloqada bo'lishimizga sabab - ularga berayotgan nagruzkalar. Birgalikda mashq qilish orqali shogirdlarimning holatini yaxshi bilib olish imkoniyatiga ega bo'laman.

- Maydonda futbolchilar bilan yaqin munosabatda ekansiz. Undan tashqarida-chi?

- Umuman olganda, muloqot maydonning o'zida qolib ketmaydi. Lekin birinchi o'rinda ishchi munosabatni o'rnatish talab etiladi. Agar buning uddasidan chiqsak, maydon tashqarisida ham muloqot qilish oson kechadi.

- Mana uch haftadirki, PSJdasiz. Jamoa haqidagi fikringiz qanday?


- Yigitlar aytganlarimni men istagandek bajarishmoqda. Yangi murabbiy kelganida doimo shunday bo'lgan. Umid qilamanki, oradan olti, etti yoki sakkiz oy o'tgandan keyin ham shunday mehnat qilishadi.

- Futbolchilarning aytishlaricha, mashg'ulotlardagi nagruzkalar katta ekan.


- Klub mening kimligimni bilgan holda taklif qilgan. Kuchli futbolchi bo'lmaganman. Ammo murabbiy sifatida o'sganman. CHunki futbol qonimda bor. Bobom darvozabon sifatida Ispaniya kubogini qo'lga kiritganlar (1924 va 1927 yillarda). Otam ham professional futbolchi bo'lganlar. Oilamizda futbolning o'rni juda katta. Men ham shu muhitda ulg'ayganman. O'yinchilik faoliyatimni yakunlashim bilanoq murabbiylikni tanladim. Ishimni uchinchi divizion jamoasi Lorkada boshlab, Sevilya darajasigacha ko'tarildim, ELda qatorasiga uch marta g'alabaga erishdim. SHunday ekan, PSJ menga shunchaki shartnoma taklif qilmagan.

- Umuman olganda, bu taklif sizni ajablantirdimi?


- Evropa Ligasidagi g'alaba sizni mashhur qiladi. Bir marta yutsangiz yaxshi. Yana va yana muvaffaqiyat qozonish esa oson emas. Buni faqat Jovanni Trappattoni uddalagan. O'ylaymanki, PSJ bilan bundanda yuqoriroq natijalarni qo'lga kiritaman.


- Francuzchada gaplashyapsizmi? Yaxshi moslashib olish uchun tilni bilish muhimmi?

- Ha. Tayinlangan kunimning ertasigayoq muallim yolladim. Lekin francuz tilini oldin ham biroz bilardim. CHunki Franciya chegarasiga yaqin joylarda ulg'ayganman.

- Qaror qabul qilishdan oldin yordamchilaringiz bilan maslahatlashasizmi?


- Nafaqat yordamchilarim, balki futbolchilar bilan ham maslahatlashaman. Ularning fikrini eshitaman. Biroq oxirgi so'z o'zimda bo'ladi. Axir natija uchun men javobgarman-ku.

- Sizni ilhomlantiradigan murabbiylar bormi?


- Valensiyada ishlaganimda Barselonani boshqargan Pep Gvardioladan ko'p narsani o'rganishga harakat qilardim. U taktika, o'yin madaniyati, o'yinchilar joylashuvi borasida futbolga ko'p narsa berdi. SHuningdek, umuman boshqacha usulda ishlaydigan Diego Simeonening harakatlariga etibor qarataman. Qolaversa, Marselo Belsa ham yoqadi.

- Sabab?


- Belsa murabbiy-tahlilchi, futbolchilarni bir narsani cheksiz marta takrorlashga majbur qiladi. CHunki bu harakatlar refleksga aylanishini istaydi.

- Videoyozuvlardan foydalanishni maqul ko'rarkansiz.


- Ishimizni tahlil qilishimiz uchun bu juda muhim. Uchrashuvlarning videoyozuvini jamoa bilan birgalikda tomosha qi-lishni maqul ko'raman.

- Buning uchun bir kunda ikki-uch soat vaqtingizni ayamasligingiz rostmi?


- Ha. Bir yordamchim futbolchilarimizning o'yinlarini tahlil qiladi, boshqasi raqiblarning harakatlarini o'rganadi. Men esa o'z jamoam va raqibning jamoaviy o'yiniga etibor qarataman.

- PSJ qanday sxemada o'ynaydi?

- ....


Intervyuning to'liq qismini "InterFutbol" gazetasining saytida o'qish mumkin.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика