Umtiti: “PSJ”dan shaxsiy revanshimni olaman”
24 jan 2017 00:55
Yangiliklar
Umtiti: “PSJ”dan shaxsiy revanshimni olaman”
“Barselona” himoyachisi Samuel Umtiti “PSJ”ga qarshi o'tkaziladigan CHempionlar ligasining 1/8 final uchrashuvi oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Ushbu bosqichda “PSJ” bilan o'ynashimizdan xursandman. CHunki, menda yana bir bor Franciyaga qaytish imkoniyati yuzaga keldi. “Lion” sharafini himoya qilib yurgan kezlarim Parijda “PSJ”ga ko'p bor mag'lub bo'lganmiz.
O'ylaymanki, “Barselona” tarkibida o'sha mag'lubiyatlar uchun o'ziga xos revansh olaman. Lekin parijliklar osonlikcha taslim bo'lishmaydi”, - dedi Umtiti Canal+ telekanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, bu ikki jamoa o'rtasidagi dastlabki uchrashuv 14 fevral kuni Parij shahrida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar