Umtiti faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin
08 okt 2021 09:56
Yangiliklar
Umtiti faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin
"Barselona" himoyachisi Samuel Umtiti katta ehtimol bilan klubdan ketadi.
U qishdayoq jamoasini o'zgartirishi mumkin. Klub franciyalik futbolchi bilan shartnomani bekor qilmoqchi. Uning kataloniyaliklar bilan kelishuvi 2023 yilgacha mo'ljallangan.
Agar futbolchi erkin agentga aylanadigan bo'lsa, "Milan" va "Yuventus" jamoalari futbolchini erkin agent sifatida o'z tarkiblariga qo'shib olishlari mumkin.
Fikrlar