"Ummon" guruhi hamda Sarvar va Komil dueti "Paxtakor" - "Qizilqum" uchrashuvi mehmonlari bo'ladi
11 apr 2018 19:28
Yangiliklar
"Ummon" guruhi hamda Sarvar va Komil dueti "Paxtakor" - "Qizilqum" uchrashuvi mehmonlari bo'ladi
12 aprel kuni "Paxtakor" Superliganing 6-turida Toshkentda "Qizilqum"ga qarshi o'ynaydi.
O'yindan avval stadionga tashrif buyuradigan ishqibozlar etiboriga koncert dasturi taqdim etiladi. SHu kuni "Paxtakor" stadionida "Ummon" guruhi hamda Sarvar va Komil dueti mehmon bo'lishadi. Tanaffus paytida ham badiiy dastur davom ettiriladi va tomoshabinlar yutuqli o'yinda ishtirok etib, televizor, uyali aloqa telefoni va boshqa yutuqlardan birini yutib olish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Etiborlisi, bularning barchasi mutlaqo bepul! "Paxtakor" - "Qizilqum" uchrashuviga kirish bepul qilib belgilangan.
Futbol muxlislarini "Paxtakor" stadioniga chorlab qolamiz. Stadionga keling va "Paxtakor"ni qo'llab-quvvatlang!

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar