So’nggi yangiliklar

16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  0 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  3 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  4 14:55Элит ОЧЛ. Мавсумнинг охирги ўйини қандай тугайди?  2 14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  0 14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  10 13:57"Милан" Австралияда ўйин ўтказмайди. Сабаби ошкор бўлди  1 13:30Қувондиқ Рўзиев: "Навбаҳор" мухлислари олдидаги қарзимни узишга ҳаракат қиламан"  5 13:14"Ал Иттиҳод" – "Насаф" беллашуви кореялик ҳакамларга топширилди  1 12:46"Аҳил бўлмасак, бир натижага эришиш қийин. Биргаликда вазифани уддалаймиз" — Тимур Кападзе  4 12:19Эмери "Астон Вилла"нинг тарихий сериясидан сўнг: "Биз чемпионликка даъвогар эмасмиз"  1 11:51"Менга фарқи йўқ": Рафинья ФИФА қарорига хотиржам муносабат билдирди  6 11:24Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Доҳага етиб борди  0

Umidjon Qodirov: “Muxlislar va jamoadoshlarimga raxmat aytaman” Yangiliklar

Umidjon Qodirov: “Muxlislar va jamoadoshlarimga raxmat aytaman”

Oliy liganing 29-turida “So'g'diyona” jamoasi o'z maydonida “Qo'qon-1912”ni qabul qildi va 2:1 hisobida irodali g'alabaga erishdi.

Ushbu o'yinda “Sug'diyona” vakillari birinchi bo'limda 10 kishi, ikkinchi bo'limda 9 kishi bo'lib maydonda harakat qilishdi va shunga qaramasdan ham yakunda raqibni mag'lubiyatga uchrata oldi. Uchrashuvda hal qiluvchi  gollarni kiritgan va g'alabaga munosib hissasini qo'shgan Umidjon Qodirov o'yin borasida o'z fikrini bildirdi.

- Ikkinchi davrada juda ko'p durang natijalar qayd etib qo'ydik va ko'p o'yinlarda omadimiz kelmadi. Jamoa bilan bor diqqatimizni shu o'yinga qaratgandik. Bugungi o'yin biz uchun juda muhim edi, biz jamoamiz bilan bahsga astoydil tayyorgarlik ko'rgan edik. Jamoamiz rahbariyati, xodimlari, jamoadoshlarim va muxlislarga bizni qo'llab-quvvatlashgani uchun raxmat aytaman. Bugun muhim bo'lgan 3 ochkoni qo'lga kirita oldik.

Birinchi bo'limdagi Ixtiyor Toshpo'latovning qizil kartochka olib maydondan chetlatilishi jamoaga qanday tasir qildi?

- Albatta, salbiy tasir qildi. O'yin boshida 10 kishi o'yin yakunida 9 kishi bo'lib harakat qildik. Ikki karra kuch bilan o'ynashimiz talab etilardi. Uchrashuv davomida jamoadoshlarim bir birini ruxan qo'llab-quvvatladi. Buning uchun ularga katta raxmat aytaman.

“So'g'diyona” matbuot xizmati

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика