"Umid qilamanki, yana 100 marotaba o'ynayman". Grizmann "Barselona"da 100 ta o'yin o'tkazdi
19 avg 2021 07:08
Yangiliklar
"Umid qilamanki, yana 100 marotaba o'ynayman". Grizmann "Barselona"da 100 ta o'yin o'tkazdi
"Barselona" futbolchisi Antuan Grizmann klubi safida o'yin o'tkazish bo'yicha yuzlik dovondan o'tganiga o'z munosabatini bildirdi.
La Liga doirasida "Real Sosedad"ga qarshi o'yin (4:2) Grizmann uchun "Barsa" safidagi 100-o'yin edi.
"Umid qilamanki, hali yana 100 ta o'yin o'tkazaman va ushbu klub bilan birga tarix yozishda davom etaman.
Jamoaga maydonda, uning atrofida, hujum va himoyada yordam berishni istayman. "Barselona"dagi damlardan zavq olishni istayman", - dedi franciyalik futbolchi.
Fikrlar