So’nggi yangiliklar

15:44"Барселона" Ямалга 10-рақамни беришга қарор қилди  1 15:18Расман: Қирғиз Республикаси бош мураббийи ишдан кетди  0 14:55Шаҳбоз Жўрабеков: "Иккинчи даврада "Бухоро"ни юқорида кўрасиз. Бекхэмнинг зарбаларини кўриб катта бўлганман"  2 14:34"Манчестер Сити"га эгалик қиладиган "City Football Group" Ўзбекистонда ўз клубига эга бўлиши мумкин  17 14:06МЮ Онанани сотиб, италиялик дарвозабонни биринчи рақамга айлантирмоқчи  1 13:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади  17 13:10"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин  3 12:18"Лас-Пальмас" футболчиси автоҳалокат оқибатида ҳаётдан кўз юмди  0 11:50Эдерсон миш-мишларга чек қўйди  0 11:23Челестини Файзуллаевнинг ЦСКАдаги тақдирини ҳал қилади  3 10:56“Ливерпуль“ Англия терма жамоаси ҳимоячиси борасида музокараларни бошлади  5 10:30Германия МТЖ ҳужумчиси фаолиятини “Бавария“да давом эттиришига яқин  0 10:06“Реал“ етакчиси операциядан сўнг қанча муддат футбол ўйнамаслиги маълум  25 09:40Тео Эрнандес “Ал Ҳилол“да қанча даромад қилиши маълум  3 09:18“Арсенал“ “Тоттенхэм“ қизиқаётган футболчини “илиб кетмоқчи“  0

Umid Ergashev: "Taxminimcha, "Nasaf" chempionat ilk turida "Neftchi" yoki "Dinamo" bilan ro'baro' keladi" Yangiliklar

Umid Ergashev: "Taxminimcha, "Nasaf" chempionat ilk turida "Neftchi" yoki "Dinamo" bilan ro'baro' keladi"

Qarshining "Nasaf" klubi bugun Turkiyadagi yig'in doirasida navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

"Volgar" bilan o'yindan so'ng "ajdarlar" darvozaboni Umid Ergashevga yuzlandik. Posbon terma jamoamizning yanvar oyida BAAdagi yig'inida ham ishtirok etdi. Suhbat davomida shu haqda ham so'radik. 

"Terma jamoaning yig'inidan so'ng klub ixtiyoriga etib keldim. Qo'shilib ketishda ortiqcha muammo bo'lmadi. Hammamiz bir oilamiz. 

BAAda asosan, o'yinni shakllantirish, jismoniy holatni tiklash ustida ishladik. Srechko Katanec barchaga imkoniyat berdi. Kimning nimalarga qodirligini bilib oldi, deb o'ylayman. Bu murabbiy himoyaga juda katta etibor qaratadi. Orqa chiziq vakillaridan tartibli o'yin talab qilmoqda. Mentalitetni o'zgartirmoqda. 

Ko'rganingizdek, bugun Rossiya klubiga qarshi o'ynadik. Murabbiyimiz ikkita tarkibni ham sinovdan o'tkazib ko'rdi. Yaqinda qura tashlanadi. Albatta, quradan oldin biror narsa deyish qiyin. Taxminimcha, chempionat ilk turida "Neftchi" yoki "Dinamo" bilan to'qnash kelishimiz mumkin. Superligada ko'p klublar kuchaymoqda. Hozirda Antalyada 10 ga yaqin jamoaning mashg'ulot olib borayotgani fikrimga isbot bo'la oladi", – deydi Umid Ergashev

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика