So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  6 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  71 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  11 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

Umid Ahmadjonov Real Madrid Foundation Clinic dasturining ochilish marosimida ishtirok etdi Yangiliklar

Umid Ahmadjonov Real Madrid Foundation Clinic dasturining ochilish marosimida ishtirok etdi

O'zbekiston futbol associaciyasi va "Real Madrid" klubi akademiyasi o'rtasidagi kelishuvga asosan yurtimizda Real Madrid Foundation Clinic dasturini ishga tushirish bo'yicha dastlabki harakatlar boshlangani haqida xabar bergan edik.

Ana shu dasturga asosan poytaxtimizga “Qirollik klubi”ning 3 nafar murabbiyi — Karlos Albert, Manuel Aguado Xil va Ektor Visente tashrif buyurishgan.

Bugun “Bunyodkor” stadionida Real Madrid Foundation Clinic dasturining ochilishi bo'lib o'tdi. Ochilish marosimida Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov, “Real Madrid” klubi murabbiylari va boshqa mutassaddilar ishtirok etishdi.  

Ispaniyalik mutaxassislar O'FA bilan hamkorlikda yo'lga qo'yilayotgan ushbu dastur kelajakda o'zbek futboliga foydasi tegishiga ishonchlari komil ekanini takidlab, bu borada qo'llaridan kelgancha yordam berishga tayyor ekanliklarini aytib o'tishdi.

Ochilish marosimi jajji bolakaylar uchun haqiqiy futbol bayramiga aylanib ketganini takidlab o'tish zarur. O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan tashkil etilgan quvnoq kuy-qo'shiqlar, turli shou dasturlari yig'ilganlarga yuqori kayfiyat baxsh etdi.

"Real Madrid" klubi murabbiylari yurtimizda 16 iyun kuniga amaliy tadbirlar o'tkazishadi. Tadbirlar davomida bolalar bilan turli master klasslar, nazorat uchrashuvlari, “Summer cup” turniri va boshqa musobaqalar o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика