So’nggi yangiliklar

10:11«Фулҳэм» «Арсенал» футболчиси учун рекорд миқдорда пул тўлайди  2 09:43«Ал Садд» «Монако» футболчисини сотиб олди  1 09:15Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  13 08:47«Қўқон-1912» сардори фаолиятини бошқа бир Про лига жамоасида давом эттиради  1 08:25Ўртоқлик учрашуви. "Барселона" - "Манчестер Сити" 2:2, Холланднинг голи ҳисобга олинмади  1 08:20Олимпия ўйинлари. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  6 07:53Ўртоқлик учрашуви. «Ман Сити» ва «Барселона» жанговар дуранг ўйнашди  4 07:25Бугун Абдумалик Халоков, Давлат Бобонов ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этишади  2 01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  3 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  1 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  1 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  13 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  8 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  2 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  14

Umid Ahmadjonov O'zbekiston OTJ futbolchilarini final yo'llanmasi bilan tabrikladi Yangiliklar

Umid Ahmadjonov O'zbekiston OTJ futbolchilarini final yo'llanmasi bilan tabrikladi

O'zbekiston futbol federaciyasi prezidenti Umid Ahmadjonov U-23 Osiyo chempionatida yarim finalida ajoyib o'yin namoyish qilib, Janubiy Koreyani 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan O'zbekiston terma jamoasi azolarini final yo'llanmasi bilan tabrikladi.

"Uchrashuvni Parijdan tomosha qilishimizga to'g'ri keldi. Toshkentga qaytishimiz oldidan yigitlarimizning tarixiy natija qayd etib, finalga yo'l olgani — kayfiyatimizni ko'tarib yubordi.

Biroq bu hali hammasi emas. Ko'zi yonib turgan futbolchilarimiz finalda ham shunday tempda to'p surib, qita chempioni degan sharafli nomga sazovor bo'lishlariga ishonaman.

Natijadan juda xursandman. Bu tasodifiy g'alaba emasligi kishini ikki karra xursand qiladi. O'zingiz ko'rib turibsiz, yigitlarimizda ishtiyoq juda baland. Bu futbolchilarimiz uyg'onayotganidan darak bo'lsa, ajab emas. Axir biz Yaponiya, Janubiy Koreya kabi termalarni yirik hisoblarda mag'lub etmoqdamiz.

Bazida shunday, muxlislarga yoqadigan hujumkor futbol o'ynab, yakunda mag'lub bo'lgan jamoalar ham olqishlanadi. Muhimi, futbolni yurakdan o'ynash. Men so'nggi ikki bellashuvda shuni ko'rdim.

Umid Ahmadjonov, O'FF prezidenti".

Reyting: +210   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика