So’nggi yangiliklar

00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  2 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  4 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  4 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  12 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  9 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5 19:51"Ливерпуль" Экитике трансфери бўйича музокараларни бошлайди  0 19:25"Бавария" Луис Диас учун 52 млн евро таклиф қилди  2 19:02"Мундиалда Ўзбекистон терма жамоасининг янги қиёфалари пайдо бўлади" – Александр Крестинин билан катта суҳбат  6 18:38"Навбаҳор" бразилиялик ҳимоячи билан шартнома тузади  16 18:11Гёкереш "Спортинг" машғулотларига қайтишдан бош тортди. У "Арсенал"га ўтишни истамоқда  8

Umid Ahmadjonov: Osiyo o'yinlarigacha yigitlarda ishtiyoq yanada yaxshi bo'ladi Yangiliklar

Umid Ahmadjonov: Osiyo o'yinlarigacha yigitlarda ishtiyoq yanada yaxshi bo'ladi

Eron va O'zbekiston milliy terma jamoalari o'rtasidagi xalqaro o'rtoqlik o'yini yakuniga etgach, ayni paytda Dohada bo'lib turgan O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov uchrashuv haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Uchrashuvni televizor orqali kuzatib bordim. Menga hammasidan ham yigitlarimizdagi ishtiyoq yoqdi. Erondek kuchli jamoaga qarshi o'yindan asl maqsad ham aslida shu edi: futbolchilar raqibdan cho'chib harakat qiladimi yoki unga tik boqadimi — tekshirib olishni istagandik”, — deb gap boshladi Ahmadjonov.

“Marokashga qarshi o'yinning birinchi bo'limini eslab ko'ring, futbolchilar nomdor raqib oldida biroz shoshib qolishdi va 2 ta gol o'tkazib yuborishdi. Keyin o'zlariga kelib olishganida kech bo'lgandi. Ammo o'sha o'yin uchun achinmadik. CHunki futbolchilar u orqali katta tajriba to'plashdi.

Bugun esa ko'rdikki, Eronga qarshi butkul boshqacha futbol bo'ldi, yani, bizning yigitlar nisbatan yosh bo'lishsa-da, raqib bilan teng bo'lishga intilishdi. Bizga natija emas, mana shu jihat muhim edi”.

Umid Mahamatjonovichning fikricha, JCH—2018 saralashi doirasidagi Eronga qarshi uchrashuvlarda O'zbekiston termasiga aynan dadillik va o'ziga bo'lgan ishonch etishmagandi. Oqibatda futbolchilarimiz raqib darvozasiga zarba berish bobida katta qiyinchilikka duch kelishgandi.

“Biz hozirdanoq har qanday futbolchiga raqib kim bo'lishidan qatiy nazar ulardan qo'rqmaslikni uqtirishimiz kerak, biz talab qilayotgan narsa shu. 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo CHempionati orqali biz o'zimizga bo'lgan ishonchni qaytarib oldik. Osiyo O'yinlarida esa o'sha tempdan pastga tushmaslikka harakat qilamiz. Bizda hozircha barchasi reja asosida ketyapti. Umid qilamanki, Jakartaga optimal ko'rinishda etib boramiz”, — dedi Umid Ahmadjonov.

O'FA birinchi vice-prezidenti, shuningdek, milliy terma jamoa masalasiga ham to'xtaldi.

“Biz bejizga Osiyo O'yinlari haqida bosh qotirayotganimiz yo'q, hamma rejalarimiz unga qaratilgan. JCH—2018 dan keyin milliy terma bosh murabbiyi masalasida bir to'xtamga kelib olsak, ana o'shanda Osiyo Kubogi haqida qayg'urishni boshlaymiz.

Hozircha esa Osiyo Kubogidagi raqiblarimiz haqida bilamiz. Qatarga qarshi oktyabr oyida o'rtoqlik o'yini kelishib qo'ydik. Uning detallarini Dohaga tashrifim davomida kelishib oldik. Guruhimizda Ummon borligidan kelib chiqsak, oktyabrda aynan arab jamoalari bizga kerak bo'ladi. Keyinroq esa Yaponiya va Turkmanistonga mosroq raqiblar bilan ham aloqaga chiqamiz. Bunda albatta bizga keladigan mutaxassis fikri bilan ham qiziqishimiz kerak bo'ladi”.

Malumot uchun, O'zbekiston milliy terma jamoasining navbatdagi o'yini 7 iyun kuni safarda Urugvayga qarshi bo'lib o'tadi. Tez orada mazkur uchrashuvga qanday tarkib yo'l olishi masalasiga oydinlik kiritiladi.

Reyting: +48   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика