Umid Ahmadjonov “Neftchi ” - “Nasaf” uchrashuvini bevosita stadiondan kuzatib boradi
01 mar 2018 14:08
Yangiliklar
Umid Ahmadjonov “Neftchi ” - “Nasaf” uchrashuvini bevosita stadiondan kuzatib boradi
O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol Associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Superliganing ochilish uchrashuvlaridan biri bo'lgan “Neftchi” – “Nasaf” uchrashuvini Farg'ona shahridagi “Istiqlol” stadionidan bevosita kuzatib boradi.
Umid Ahmadjonov Farg'onaga tashrifi davomida viloyatda sport sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, Olimpiya sport turlarini rivojlantirish borasida say-harakatlar bilan yaqindan tanishadi.
SHuningdek, bugungi kundan o'rin olgan ikkinchi uchrashuv “Qizilqum” – “Lokomotiv” o'yinini bevosita stadiondan tomosha qilish uchun Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakrom Isroilov Navoiyga jo'nab ketdi.
Hududlarda futbolni rivojlantirish va ommalashtirish, futbol klublarining professionalligini oshirish va futbol infratuzilmasini yaxshilashda viloyat rahbarlarining hissasi juda katta. SHuni inobatga olgan holda, endilikda viloyatlarda bo'lib o'tadigan har bir futbol uchrashuvlarida viloyat futbol federaciyasi prezidenti hisoblangan viloyat hokimi shaxsan qatnashib boradi.
Eslatib o'tamiz, “Qizilqum” – “Lokomotiv” soat 18:00da, “Neftchi” – “Nasaf” uchrashuvi esa soat 20:00da boshlanadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar