So’nggi yangiliklar

09:57"Реал" Винисиусни сотмоқчи (Defensa Central)  0 09:16"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  1 08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчига таклиф билан чиқди  0 08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  5 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  1 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  2 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1

Umid Ahmadjonov: "Murabbiylar, futbolchilar, klublar rahbariyati ko'p gapirmay, futbolini o'ynasin" Yangiliklar

Umid Ahmadjonov: "Murabbiylar, futbolchilar, klublar rahbariyati ko'p gapirmay, futbolini o'ynasin"

O'zbekiston Superligasida jamoalar sonining oshishi borasida gap-so'zlar ko'paydi. Biroq mazkur ligada jamoalar soni 2019 yilda ham 12 ta bo'lib qoladi.

Bu haqda O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov «Daryo»ga malum qildi.

«Bazi klublar kelasi yil Superligada jamoalar ko'payar ekan deb, bemalolgarchilikka berilayotganidan xabarimiz bor. Biroq ular xato o'ylashmoqda. Professional futbol ligasi sport principlarini saqlab qolish uchun ham jamoalar sonini o'zgartirmaydi. Superligada 2019 yilgi mavsumda ham 12 ta klub to'p suradi», — deb aytib o'tdi Umid Ahmadjonov.

Bir vaqtning o'zida Milliy olimpiya qo'mitasining ham prezidenti hisoblangan Ahmadjonovning qayd etishicha, kelasi yil Superliga va Pro-liga klublariga bo'lgan talab yanada oshiriladi:

«2018 yilgi mavsum har bir klubning asl yuzini ko'rsatib berdi. PFL yil boshidan buyon jamoalarni ogohlantirib kelganiga qaramay, hali ham qarzdorliklari osilib yotgan, futbol akademiyasi haqida o'ylamayotgan klublar etarlicha. Biroq ular bilib qo'yishsinki, futbol akademiyasi yo'q bo'lgan klublar kelasi mavsum ligaga qo'yilmaydi. Bilaman, bu ishni birdaniga amalga oshirish qiyin. Biroq ular yil boshidan buyon bu haqda bilishadi, harakat esa yo'q. Oxirida kech bo'lishini tushunib etishmayapti. Akademiya borasida savol va qandaydir yordam kerak bo'lsa, O'FA yordamga tayyor. Bizning bu borada o'z rejalarimiz bor».

Umid Ahmadjonov Superliga klublari nima sababdan aynan 12 ta qoldirilganiga ham izoh berdi:


«10 ta ham qoldirsak bo'lardi, biroq CHempionlar Ligasidagi kvotalarimiz kamayib ketishi mumkin. 14 ta qilib qo'ysak, Pro-ligada maqsadsiz jamoalar ko'payib ketadi. Pro-ligada ham yuqori divizion uchun kimdir kurashishi kerak-ku! Hozir «Mashal» bor, «Surxon» bor, «SHo'rtan», «Dinamo», «Istiqlol» bor. Yani, 5 ta klub jiddiy kurashyapti. SHuning uchun ham Superligada 12 ta klub to'p surishi mantiqliroq».

«Ha, aytgancha, format borasida gap-so'zlar ko'p bo'ldi. U boshqacha gapiradi, bu boshqacha. Murabbiylar, futbolchilar, klublar rahbariyati ko'p gapirmay, futbolini o'ynasin. CHempionatni hamma bir xilda 0 ochko bilan boshladi va bir xil sharoitda tugatish arafasida. Hech kimga yon bosilmagan. SHunday ekan, formatni kavlashtiravermay, futbolini o'ynasin va qo'lidan kelsa, hamma o'yinni yucin. SHunda kim ularni chempionlikdan mahrum qila oladi?!», — deb fikrini yakunladi Umid Ahmadjonov.

Professional futbol ligasi matbuot xizmatining qayd etishicha, ayni vaqtda tashkilot professional klublar maqomi ustida, shuningdek, 2019 yil talablari yuzasidan ish olib bormoqda. Bu erda Superliga jamoalari sonini oshirish yoki kamaytirish haqida hech kim bosh qotirayotgani yo'q. Biroq klublarga qo'yilayotgan talablar jiddiy bo'ladi.
 


Umid Ahmadjonov: "CHempionat formatini yana qayta ko'rib chiqamiz"

Reyting: -29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика