So’nggi yangiliklar

22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  2 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  2 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  11 18:39"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни яхшилайди – олдинроқ хавбек учун 45 млн евро беришганди. "Аталанта" уни 60 миллионга баҳоламоқда  0 18:15"Реал" Карвахаль ва Менди билан келишувни узайтиради  1 17:55Зафармурод Абдираҳматов: "Биз қўлимиздан келганча ҳаракат қилдик, лекин тўп дарвозага киришни истамади"  58 17:32"Интер" ва Дюмфрис йилига 4 млн евро маош билан 2028 йилгача шартнома бўйича келишувга эришди. Дензелга МЮ қизиққанди  1 17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  1 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  2 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  4 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  2

Umid Ahmadjonov: Muborak Ramazon oyida futbol muxlislari uchun engilliklar yaratishga harakat qilamiz Yangiliklar

Umid Ahmadjonov: Muborak Ramazon oyida futbol muxlislari uchun engilliklar yaratishga harakat qilamiz

Teglar :  Umid AhmadjonovO'FA
Millionlab o'zbekistonliklar orziqib kutayotgan muborak Ramazon oyiga ham sanoqli kunlar qolmoqda.

SHundan kelib chiqib, O'zbekiston futbol associaciyasi hamda Professional futbol ligasi rahbariyati futbol uchrashuvlari vaqtini muxlislar talabidan kelib chiqib, qayta ko'rib chiqadi.

“Muxlislarni futbol maydonlariga qaytarish uchun izlanishdan to'xtamaymiz. Ular uchun yaratib beriladigan har qanday sharoit birinchi navbatda o'zimizni ham xursand qiladi”, — dedi O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov. — “Bunda birinchi galda iftorlik vaqtini hisobga olish kerak. Yani, futbol uchrashuvlari shunday vaqtga qo'yiladiki, taymlarning tugashi og'iz ochish vaqtiga yo'l ochib beradi. Islom diniga etiqod qiluvchi futbol muxlislarimiz iftorlik qilish hamda o'z farzlarini ado etish imkoniyatiga ega bo'lishadi”.

Bungacha Professional futbol ligasi o'yinlarning ish vaqtida boshlanmasligiga ahamiyat berib kelayotgandi. 8-turdan boshlab esa ayrim o'yinlar vaqti havoning isishi sabab biroz kechiktiriladi. SHuningdek, har to'rt yilda bir bor o'tadigan Jahon CHempionati vaqtida esa Superliga klublari tatilga chiqib ketadi. Yani, mundial havosidan nafas olishni istagan futbol muxlislarining etibori ikkiga bo'linib qolmaydi.

“Superligada 12 ta klub bo'lsa, ular mamlakatning turli burchaklaridan. Demak, PFL har bir viloyatda iftorlik vaqti soat nechaga to'g'ri kelayotganiga etibor qaratishi kerak. CHunki Respublikaning g'arbiy va sharqiy mintaqalarida og'iz ochish farqi deyarli 1 soatni tashkil qilishi ham mumkin. PFL rahbariyatiga hozircha Superliga borasida topshiriq berildi. Pro-Liga klublarining saviyasini 2—3 yilda ko'tarib olsak, bunday masalalar ularni ham cheklab o'tmaydi”, — deb fikrini davom ettirdi Umid Ahmadjonov.

“Ramazon oyida yurtdoshlarimiz, shuningdek, taroveh namozlariga ham shoshiladi. SHundan kelib chiqib, o'yinlarning tugash vaqtini ham etibordan chetda qoldirmaslik kerak. Muhimi — muborak oy davomida futbol muxlislari o'z farzlarini bemalol ado etish barobarida, stadionlarga kelishda ham davom etishsin. Futbol hammamiz uchun bayramdek o'tishi kerak”.

“SHu bilan birga tadbirkorlarimiz ham bunday vaqtda o'zlarini ko'rsatishlarini istardim. Stadionlarda og'iz ochish niyatida bo'lgan minglab odamlar bo'ladi. Demak, ularga eguliklar, ichimliklar olib kelish ham savobli ish, ham cho'ntakka biroz bo'lsa ham foyda bo'lishi mumkin. O'FA hamda Ichki ishlar vazirligi o'zaro samimiy hamkorlikni yo'lga qo'yganimizdan kelib chiqsak, ro'zadorlar uchun mana shunday xizmatlarni ko'rsatish istagida bo'lganlar uchun barcha stadionlar o'z eshiklarini ochib beradi. O'FA esa bosqichma-bosqich stadionlarimizda mana shunday xizmatlar uzluksiz yo'lga qo'yilishi ustida ish olib boradi”, — deydi Umid Muhammadjonovich O'FA hamda PFL rahbariyati bilan yig'ilish vaqtida.

Malumot uchun, Ramazon oyi vaqtida Superliganing 12, 13, 14, 15-tur uchrashuvlari, shuningdek, O'zbekiston Kubogining 1/8 final bosqichi bo'lib o'tadi. PFL mana shu turlarga o'yinlar vaqtini Diniy qo'mita tomonidan elon qilinadigan Ramazon taqvimidan kelib chiqib belgilaydi. Bu borada biror-bir o'zgarishlar bo'lsa, muxlislarga malumot beriladi. SHuningdek, ularning fikr va mulohazalari o'rinli bo'lsa, ular ham imkon qadar ko'rib chiqiladi.

Reyting: +90   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика