So’nggi yangiliklar

01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  0 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  0 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  0 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  9 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  5 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  1 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  12 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  2 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  3 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  9 21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  13 21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  15 20:51Аббос Файзуллаев: "Олимпиадага ҳеч ким мағлубиятга учраймиз ёки гуруҳда қолиб кетамиз деган мақсадда келмайди"  25

Umid Ahmadjonov JCH-2018ga yo'l olgan Ravshan Ermatov guruhiga mundial oldidan oq yo'l tiladi Yangiliklar

Umid Ahmadjonov JCH-2018ga yo'l olgan Ravshan Ermatov guruhiga mundial oldidan oq yo'l tiladi

Osiyoning 5 karra eng yaxshi hakami, Jahon chempionati uchrashuvlarini boshqarish bo'yicha rekord sohibi Ravshan Ermatov sanoqli kunlardan so'ng Rossiyada boshlanadigan Jahon chempionatida o'z guruhi bilan ishlash bo'yicha ham FIFA tomonidan taklif olgan.

Ravshan Ermatov bugun Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar bilan birgalikda Rossiyaga yo'l oladi FIFA hakamlari shtabiga joylashadi.

Ana shu safar oldidan O'zbekiston futbol associaciyasida Milliiy Olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'FA 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Ravshan Ermatov va uning guruhini qabul qildi.


SHuni ham alohida takidlash kerakki, Rossiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatida Ravshan Ermatov va uning guruhidan tashqari komissar sifatida Olim Arifov hamda hakamlar nazoratchisi sifatida Farhod Abdullaevlar ishtirok etishadi. O'zbek futboli tarixida birinchi marta Jahon chempionatida bosh hakam, laynsmenlar, hakamlar nazoratchisi va uchrashuv komissari to'liq tarkibda ishtirok etishadi.

Umid Ahmadjonov uchrashuvda mana shu holatga alohida to'xtalar ekan, bu ham bo'lsa o'zbek futbolidagi islohotlarning ijobiy samarasi ekanini alohida takidlab o'tdi.


“Ravshan Ermatov hozirda Jahon chempionatlarida 9ta o'yinni boshqargan holda, rekord sohibi bo'lib turibdi. Xudo xohlasa, Rossiyadagi mundialda ham uchrashuvlarni boshqarib, bu rekordni dunyodagi boshqa hech qaysi hakam takrorlay olmaydigan darajaga keltirib qo'yishingizga tilakdoshmiz. O'zbek xalqi, futbol muxlislari Siz bilan faxrlanishadi. Jahon chempionatida Braziliya, Argentina, Ispaniya, Franciya kabi dunyoning kuchli terma jamoalari ishtirokidagi  o'yinni boshlab beruvchi hushtakni chalganingizda, Sizni ekran orqali tomosha qilib o'tirgan muxlislarda, bizda til bilan tariflab bo'lmaydigan faxr tuyg'ulari uyg'onadi.

Nasib qilsa, kelasi Jahon chempionatlariga katta delegaciya bo'lib, Milliy terma jamoalarimiz bilan birga borish nasib qilsin”, - dedi Umid Ahmadjonov. - SHu bilan birga Sizdan yana bir narsani so'rab qolamiz. Jahon chempionatlarida ishtirok etadigan o'zbek hakamlarining sonini oshirishda o'z kuch va mahoratingizni, bilim va ko'nikmalaringizni ayamay, yuqori saviyali shogirdlarni tarbiyalab bering.


O'zbekiston futbol associaciyasi yosh hakamlarni malakasini oshirish barcha imkoniyatlarni yaratib bermoqda. Hakamlar va nazoratchilar qo'mitasi boshlig'i Mamur Saidqosimov boshchiligida hakamlar uchun xorijda va yurtimizda turli seminarlar tashkil qilinyapti. Biz bu ishlarni yana davom ettiramiz.

SHuningdek, bu safargi mundialda o'zbek futboli tarixida birinchi marta komissar sifatida Olim Arifov ishtirok etayotgani barchamizni xursand qildi. Osiyodagi komissarlar ichida faqatgina hamyurtimiz Jahon chempionatida qatnashayotgani futbol muxlislarini ham quvontirayotganini futbol saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi izohlar orqali kuzatib boryapman. Men doimo saytlardagi izohlarni kuzatib boraman. Futbolda islohotlar o'tkazish va kamchiliklarni bartaraf etishda izohlarda qoldirilayotgan fikrlarning ahamiyati katta. Hech kim o'zini mutlaq aqlli, umuman xato qilmayman, deb ayta olmaydi. SHu sababli biz xalqning, muxlislarning fikriga quloq solgan holda futbolda islohotlar, samarali chora-tadbirlarni amalga oshirishga harakat qilmoqdamiz.

Jahon chempionatida Sizlarga muvaffaqiyat tilayman. O'zbekiston shanini yuksaklarga ko'tarishda davom etinglar”, - dedi Umid Ahmadjonov.


O'z o'rnida Ravshan Ermatov va uning guruhi ko'rsatilgan etibor va ishonch uchun katta minnatdorchilik bildirib, o'zbek hakamlarining saviyasini butun dunyoga yana bir bor ko'rsatish uchun Jahon chempionatida bor mahoratlarini ishga solishga vada berishdi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика