So’nggi yangiliklar

00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  1 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  8 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  2 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  16 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5 18:30"Сурхон" россиялик футболчиси билан келишувини 2 йилга узайтирди  5 18:07Расман: Игорь Сергеев "Персеполис" футболчисига айланди  15 18:01"Манчестер Сити" Гвардиол жароҳат олгани туфайли ижарадаги ҳимоячисини ортга қайтарди  1

Umid Ahmadjonov: “Futbol - muxlislar uchun” Yangiliklar

Umid Ahmadjonov: “Futbol - muxlislar uchun”

O'zbekiston Superligasining 3-turi muxlislar tashrifi borasida joriy mavsumdagi eng yaxshisi bo'lgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

3-turda jami 85 209 nafar muxlislar stadionlarda Superliga uchrashuvlarini tomosha qilishdi. Bu ko'rsatkich esa muxlislar o'rtasida o'zbek futboliga  yana qiziqish paydo bo'lganidan darak beradi.

O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov bu ko'rsatkich mavsum davomida yanada oshishiga ishonch bildirib o'tdi.

“Yurtimizda o'zbek futboliga nisbatan qiziqish deyarli so'ngandi. O'tgan mavsumda Oliy liga o'yinlarida stadionlar “huvillab” yotdi. Uchrashuvlarning boshlanishi noqulay vaqtga qo'yilgani, futbol o'yinlaridagi noxolisliklar, bazi hakamlarning adolatsiz ravishda o'yinlarni boshqarishi muxlislarning ko'nglini futboldan sovutgandi.

Yangi mavsum arafasida Superliga uchrashuvlariga muxlislar o'rtasida qiziqishni orttirish uchun bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirdik. Birinchi navbatda o'yinlar boshlanishini muxlislar uchun qulay vaqtga belgiladik. Hakamlar saviyasini oshirish, ularning o'yinlarni xolis boshqarishlarini taminlash maqsadida ularga turli yig'inlar tashkil etildi, hakamlar maoshlari oshirildi. Futbolda adolatni ustuvor qilishga intilmoqdamiz. Buning samarasini barcha ko'rib turibdi.


Muxlislar yana stadionlarga qaytmoqda, bu esa futbolimizga qiziqish ortayotganidan darak beradi.

Joriy mavsumda Superliganing 3ta turida uchrashuvlarga jami 223 665 nafar muxlis tashrif buyurdi. Bu bitta turdagi uchrashuvlar soni 6taga qisqarganidagi holat. Taqqoslash uchun, o'tgan mavsumda Oliy ligada 16ta jamoa qatnashgan, tabiiyki, o'yinlar soni ko'proq bo'lgan. 2017 yilda dastlabki 3ta turda stadionlarga jami 133 760 nafar muxlis kelgan. Guvohi bo'layotganingizdek, jamoalar va o'yinlar soni qisqargan Superliganing dastlabki 3ta turida avvalgi yilga qaraganda 100 ming nafardan ko'proq muxlis stadionga keldi.

Superliganing har bir uchrashuvi kurashlarga boy, shiddatli tarzda kechmoqda. Kelasi turlarda o'yinlar yanada qizg'in ko'rinish oladi, har bir ochko uchun jamoalar jon-jahdlari bilan kurashishadi. Bu esa yanada ko'proq muxlislarni stadionlarga chorlashi aniq. Muxlislarning stadionlarga tashrifini oshirish, ularga qulayliklar yaratish uchun bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini ham takidlab o'tish kerak. Jumladan, stadionlarda maxsus oilaviy sektorlar tashkil qilindi, stadionlarda taom va ichimliklar sotiladigan do'konlar ko'paytirildi. Bu ham muxlislarni o'ylab amalga oshirilgan ishlardan biri.

O'z o'rnida yurtimizdagi barcha futbol muxlislarini stadionlarga kelib, futbol uchrashuvlarini tomosha qilishga chaqirib qolamiz. Futbol Siz aziz muxlislar uchun”, - deydi Umid Ahmadjonov.

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика