So’nggi yangiliklar

17:25"Тоттенхэм" МЮ футболчисига қизиқиб қолди  0 16:58Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Хитойдаги турнирда қатнашади  2 16:41"Футбол олами". "Машъал"дан 4:0, "Насаф" марказий ўйинда ғалаба қозонди, Тошкент дербисида дуранг — 12-тур ҳақида батафсил   0 16:29Неймарнинг отаси: "Ўғлимни ҳар куни карнавалда деб ўйлашни бас қилинг"  2 16:00Ўзбекистон терма жамоаси сардори Элдор Шомуродовнинг нархи ошди  5 15:47Коул Палмер қимматбаҳо соат сотиб олди  0 15:21"Бавария" "Барселона" хавбекига қизиқиш билдирмоқда  0 14:53"Насаф" – "Навбаҳор" учрашувида пенальти бормиди? Суперлиганинг 12-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  7 14:27"Наполи" Луккани Лукакуга ўринбосар сифатида кўрмоқда  1 13:58Ҳожимат Эркинов: "Машинани акамга совға қилдим, чунки футболга кириб келишимда уларнинг ҳиссалари катта"  6 13:32Бэйл Англия клуби эгаларидан бирига айланиши мумкин  0 13:05Уч нафар ўзбекистонлик футболчи Англия клубида кўрикдан ўтиш учун жўнаб кетди  18 12:39"Реал" Браим Диаснинг келажаги борасида бир қарорга келди  2 12:13Суперлига 13-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  1 11:54Ўзбекистон Кубоги 1/8 финалида ишлайдиган расмийлар маълум  3

Umid Ahmadjonov: "Endi futbol maktablariga qabullarni shaffof tarzda o'tkazilishini taminlash kerak" Yangiliklar

Umid Ahmadjonov: "Endi futbol maktablariga qabullarni shaffof tarzda o'tkazilishini taminlash kerak"

O'zbekiston futbol federaciyasi prezidenti Umid Ahmadjonov ishchi guruh bilan birgalikda 12 yanvar kuni Farg'onaga tashrif buyurdi.

"Istiqlol" stadionida Umid Ahmadjonov viloyat federaciyalari masullari ishtirokida majlis o'tkazdi. Majlisda O'FF boshqarma boshliqlari, Namangan, Andijon va Farg'ona viloyati futbol federaciyalari xodimlari va OAV vakillari ishtirok etishdi.

“Vodiy ahli futbolni juda sevadi. Bu erda futbolning jonkuyar muxlislari ko'p. Ana shu muxlislarni, xalqimizni xursand qilish uchun asdoydil mehnat qilishimiz kerak. Buning uchun, ko'zi yonib turgan, futbol rivoji uchun halol ishlashga tayyor insonlarni ishga olish kerak. Mana “Oltin vodiy” dasturi bo'yicha ishlar boshlanmoqda. Reja bo'yicha bu yil butun respublika bo'ylab 1000 ga yaqin musobaqa o'tkazish rejalashtirilgan. SHulardan 600 tasi vodiyda o'tkaziladi. Jumladan, Farg'onada 200 ga yaqin bolalar va o'smirlar o'rtasida musobaqa o'tkazamiz.

Endilikda futbol maktablariga qabullarni shaffof tarzda o'tkazilishini taminlash kerak. Qabul davomida O'FF masul xodimlari albatta ishtirok etadi. SHuningdek, OAV vakillari ham qabul jarayonini keng yoritib borishlari kerak.


SHuningdek, Farg'onada murabbiylar va hakamlarni tayyorlash masalasiga jiddiy yondashish zarur. Endilikda, O'zbekiston futbol federaciyasi hakamlar va murabbiylarning saviyasini oshirish bo'yicha seminarlarning barcha xarajatlarini qoplab beradi. Bu chora-tadbirlar istedodi bo'la turib, moliyaviy sabab licenziya ololmay yurgan murabbiy va hakamlarga yaxshigina imkoniyat”, – deydi O'FF prezidenti Umid Ahmadjonov.

“Vodiyda futbolni rivojlantirish uchun ko'p mehnat qilish kerak. Qo'qon shahri o'zbek futbolining vatani. Nasib qilsa, bu yil vodiyda futbol bayrami uyushtiramiz. Bu erda xalqaro talablarga javob beradigan shunday chiroyli stadionlar barpo etilgan. Bu stadionlarda Olimpiya  terma jamoamiz ishtirokida xalqaro o'rtoqlik o'yinlari tashkil etiladi. Bu vodiy ahli uchun o'ziga xos sovg'a bo'ladi”, – deya qo'shimcha qildi Umid Ahmadjonov.


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика