So’nggi yangiliklar

08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  1 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  3 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  5 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  5 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  14 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  11 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5 19:51"Ливерпуль" Экитике трансфери бўйича музокараларни бошлайди  0 19:25"Бавария" Луис Диас учун 52 млн евро таклиф қилди  2

Umid Ahmadjonov Dohada FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashdi Yangiliklar

Umid Ahmadjonov Dohada FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashdi

O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Qatar qirollik oilasining vakili, Qatar futbol associaciyasi prezidenti SHayx Hamad bin Xalifa Ahmad al-Taniy taklifiga ko'ra Doxaga jo'nab ketgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

O'FA 1-vice-prezidenti Dohada JCH—2022 tashkiliy qo'mitasi rahbariyati bilan ham ko'rishib, JCHga tayyorgarlik bo'yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishdi. SHuningdek, Umid Ahmadjonov FIFA prezidenti Janni Infantino bilan ham uchrashdi. Uchrashuv davomida Infantino O'zbekistonda futbolni rivoji yo'lida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan, islohotlar bilan yaqindan tanishtirildi. SHuningdek, Jahon chempionatiga tayyorgarlik borasida amalga oshirilayotgan amaliy ishlar borasida fikr almashildi.

Umid Ahmadjonov O'zbekiston milliy terma jamoasi oldiga 2022 yil Qatarda bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga chiqish vazifasi qo'yilgani, bu vazifani amalga oshirish uchun tayyorgalik hozirdan boshlangani haqida xabar berib o'tdi. Jumladan, O'zbekiston milliy terma jamoasi uchun Marokash, Senegal kabi JCH ishtirokchilari bo'lgan bir qator kuchli raqiblar bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazilayotgani, futbolchilarimiz bugun ham Osiyoning grandlaridan biri Eronga qarshi maydonga tushganliklari takidlandi.

Janni Infantino amalga oshirilayotgan bu chora-tadbirlarni yuqori baholab, ushbu say-harakatlar albatta ijobiy samara berishini, O'zbekiston JCH-2022 ga yo'llanma olishiga ishonchi komil ekanini aytib o'tdi.

Reyting: +44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика