So’nggi yangiliklar

23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  0 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  2 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  1 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  2 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   34 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  9 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  7 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  26 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2 18:08МЮ ва бошқалар Дуглас Луис учун курашмоқда   0 17:41VAR ишламаган, иккита камерада трансляция қилинган "Динамо" – "Насаф" беллашувидан ГАЛЕРЕЯ  6 17:19Артета янги трансфердан мамнун: "Субименди "Арсенал"га жуда мос келади"  0

Umid Ahmadjonov: "25 yanvarda O'FFning navbatdan tashqari konferenaciyasini o'tkazamiz" Yangiliklar

Umid Ahmadjonov: "25 yanvarda O'FFning navbatdan tashqari konferenaciyasini o'tkazamiz"

Teglar :  Umid AhmadjonovO'FF
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti etib saylangan Umid Ahmadjonov “Daryo” savollariga javob qaytardi va o'zining bo'lajak rejalariga oydinlik kiritdi.

O'FF prezidenti sifatida faoliyat boshlaganimga 1 yil ham to'lmagandi. Uning faoliyatini tubdan o'zgartirish ishlari bilan band bo'lib turganimizda, oldimizga navbatdagi masuliyatli vazifa qo'yildi. Endi nafaqat futbol, balki mamlakat sportni yangi bosqichga olib chiqishimiz kerak bo'ladi.

Mamlakat rahbariyatining ishonchidan boshim ko'kka etdi. Sport sohasini ko'tarishga jiddiy etibor berilayotganini 2017-yilning o'zida chiqarilgan qarorlar ham ko'rsatib turibdi. Bundan tushunish mumkinki, sohamizni rivojlantirishni birinchi navbatda prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoevning o'zlari istamoqdalar. Nafaqat istak, balki bu yo'lda nima kerak bo'lsa, hukumat unga zamin yaratib berishga tayyor ekani har qanday kishiga qo'shimcha motivaciya beradi.

Umid Ahmadjonov, MOQ va O'FF prezidenti

Ahmadjonov hozirda O'FF prezidenti ham hisoblanadi. Bir vaqtning o'zida sportning ikki yirik bo'g'inini qanchalik muvaffaqiyatli boshqarish mumkin?

Aytganimdek, O'FFni qabul qilganimda 1 yil ham to'lmagandi. Biroq MOQ butunlay boshqa masala. Bunda sportning birgina emas, barcha turlari mujassam. Tez orada Olimpiada o'yinlariga licenziya taqdim etuvchi musobaqalar boshlanadi. Qolaversa, oldimizda Osiyo Olimpiadasi bizni kutib turibdi. Demak, MOQda ish qaynaydi.

Ammo unutmaslik kerakki, bizdan shunchaki ishlash emas, jon berib ishlash, fidoyi bo'lish talab etiladi. Demak, imkoniyatimizdan maksimum foydalanishga harakat qilishimiz shart. Rejaga ko'ra, 25 yanvar kuni O'FFning navbatdan tashqari konferenaciyasini o'tkazamiz. Unda tashkilot nizomiga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish rejalashtirilgan. SHuningdek, rahbariyatda ham o'zgarish bo'ladi.

Biroq bu futboldan chetlashishim yoki boshlangan ishlar yakuniga etishini bildirmaydi. Boshlangan ishlar shu yo'sinda davom etadi va barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, nafaqat millionlar o'yinini, balki sportning qolgan turlarini ham ko'tarishga harakat qilamiz.

Umid Ahmadjonov, MOQ va O'FF prezidenti

Rejaga ko'ra, O'FFning navbatdagi tashqari konferenaciyasiga Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi mezbonlik qiladi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика