So’nggi yangiliklar

16:38Расман: Футзал Олимпия ўйинларига киритилди  0 16:21Ўзбекистонда ёзги трансфер ойнаси қачон очилади?   5 16:15ЦСКА собиқ ҳужумчиси қамоқдан озод этилди  0 15:47"Футбол олами". "Динамо", "Бунёдкор" ва "Шўртан" дастлабки чорак финалчилар  0 15:39Гвардиола: "Кейинги учрашувда 10 нафар янги ўйинчи майдонда бўлади..."  2 15:15"Ливерпуль" швециялик ҳужумчи учун 100 млн фунт таклиф қилмоқчи  3 14:46"Ал Ҳилол" Рафаэл Леауни нишонга олди  1 14:20Факт: "Хоразм" 21-асрда меҳмонда "Сўғдиёна"ни ютмаган  2 13:55"Милан" собиқ ҳимоячиси "Юве Стабиа" бош мураббийига айланди  0 13:25Куртуа "Ал Ҳилол" билан дуранг бўйича тушунтириш берди  2 12:58"Хоразм" – "Навбаҳор" ўйини қаерда ўтади?  2 12:36Роналдунинг собиқ термадоши "Ал Насср" бош мураббийи бўлиши мумкин  2 12:09Самарқанд футболида қайта уйғониш даври: Абрамов қурган “Динамо” ҳақида  10 11:53Абдуқодир Ҳусанов – Осиёнинг энг қиммат футболчиларидан бири!  16 11:25АПЛ. Янги мавсум илк турининг марказий учрашуви Манчестерда бўлиб ўтади  8

Umarbek Eshmurodov: "Nasaf" hali katta yutuqlarni qo'lga kiritadi" Yangiliklar

Umarbek Eshmurodov: "Nasaf" hali katta yutuqlarni qo'lga kiritadi"

"Nasaf" matbuot xizmati jamoa himoyachisi Umarbek Eshmurodov bilan qisqacha suhbat uyushtirdi.

Quyida ana shu intervyuni etiboringizga havola etamiz.

- Umarbek avvalo sizni shartnoma muddatini uzaytirganingiz bilan tabriklaymiz.
- Katta rahmat. Bosh murabbiyimiz Ro'ziqul aka va klubimiz bosh menejeri Sergey Petrovichlar menga yana ishonch bildirishdi. O'z o'rnida men ham buni mamnuniyat bilan qabul qildim va o'zaro shartnoma muddatini uzaytirdik.

- Demak, sizni "Nasaf"dagi sharoitlar qoniqtiradi.
- SHunday, klubimizda futbolchi uchun hamma sharoitlar bor. Bu erdagi futbolchiga bo'lgan munosabat ham professional tarzda yo'lga qo'yilgan. Jamoadagi muhit ham har qanday futbolchi orzu qiladigan darajada. "Nasaf" tarkibida to'p tepib, qitamizning nufuzli musobaqasida ham ishtirok etdim. Bu men uchun katta tajriba maktabi bo'ldi. "Nasaf"da o'ynab, jamoam bilan yana shunday musobaqada ishtirok etishni hohlayman. To'g'ri, bu yil mavsum biz uchun qiyinroq kechdi. Etakchi futbolchilarimiz moliyaviy muammolar tufayli  boshqa jamoalarga o'tib ketishdi. Bu kuchli jamoalarga qarshi o'yinimizda muammolarni keltirib chiqardi. Ammo Ro'ziqul aka bularga qaramasdan biz futbolchilarni yaxshiroq o'ynashimizga ruhlantira oldi. Qolaversa, vohamiz futbol muxlislarining eng sevimli jamoasi – "Nasaf"da to'p tepish men uchun juda yoqimli va faxrlidir.

- Sizni futbolchi sifatida jamoamizning bu yilgi natijasi qoniqtirdimi?
- Yo'q, chunki har bir futbolchi yuqori natijalarga erishishni xohlaydi. CHempion bo'lishni orzu qilmagan futbolchi menimcha topilmaydi. Bu holat, yani bu yil yangi formatda o'tkazilgan chempionatimizda quyi oltilikda  o'rin egallashimiz, vaqtinchalik holat deb bilaman. Pastlash dunyoning buyuk jamoalarida ham uchrab turadi. Men shuni ishonch bilan aytamanki, "Nasaf" hali katta yutuqlarni qo'lga kiritadi. Keling, bu yilgi natijani yuqoriga sakrashdan oldin, pastga sho'ng'ish deya qolamiz. SHunday bo'lishini o'zim juda xohlayman.



- Futbolchi uchun eng muhimi nima?
- Bu savolingizga o'zimning dunyo qarashimdan kelib chiqib javob beraman. Futbolchi shu yo'lni tanladimi, avvalo shu sohani ilg'ori bo'lishi kerak. Yani foydali o'yinchi bo'lishi kerak. Bazida futbolchini ko'p pul xohlashini tanqid qilishadi. Ko'p pul kimga kerak emas? Aslida esa futbolchi ko'p pul taklif etiladigan darajani egallashi kerak. Ammo, hali bir narsani uddalamay turib, ko'p pul topish payiga tushish ham, noto'g'ri. Futboldan boshqa ham pullik sohalar ko'p. Masalan, tadbirkorlik. Futbolda katta pul izidan quvib, kelajagini buzib qo'ygan futbolchilar ham uchrab turadi. Menimcha, futbolchi o'z oldiga buyuk futbolchi bo'lish orzusini qo'yishi kerak, ana shunda uni katta pulning o'zi quvlay boshlaydi. Bu erishib bo'lmaydigan havoi orzu emas. Odam qilgan narsani, odam qiladi.

Fursatdan foydalanib, yaqinlashib kelayotgan Osiyo Kubogida milliy terma jamoamizga kattadan-katta muvaffaqiyatlar tilayman. Terma jamoamiz, ushbu musobaqada millionlab muxlislarimizning orzusini amalga oshirishida omad tilayman.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика