So’nggi yangiliklar

00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  0 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  0 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпул"нинг “боши қотган”  2 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  1 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  7 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  3 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  16 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  2

Umarali Rahmonaliev: "Gvatemala bilan o'yinda diskvalifikaciyani emas g'alabani o'yladim, Braziliyani chiqib ketishi esa haqiqiy sensaciya bo'ldi" Yangiliklar

Umarali Rahmonaliev: "Gvatemala bilan o'yinda diskvalifikaciyani emas g'alabani o'yladim, Braziliyani chiqib ketishi esa haqiqiy sensaciya bo'ldi"

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkentda mashg'ulotlarni davom ettirmoqda.

Xabaringiz bor, Timur Kapadze mazkur yig'inga yaqinda U-20 Jahon chempionatida ishtirok etib qaytgan bir nechta futbolchilarni jalb qildi. Ular endilikda yosh emas, balki olimpiyachilardir. Kecha ko'tarinki ruhda bo'lib o'tgan mashg'ulotdan so'ng Umarali Rahmonalievning fikrlariga quloq tutdik. 

- Yoshlar terma jamoasidan so'ng olimpiyachilar bilan mashg'ulotlar qanday ketyapti? Yangi jamoaga moslashish qiyin bo'lmayaptimi?

- Jahon chempionati qizg'in ruhda o'tdi. Biz uchun katta maktab vazifasini bajardi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Ko'p narsa o'rgandik. Yutishni, mag'lubiyatdan qanday qilib chiqib ketishni. Bundan ham yaxshi natija qayd etishni istagandik. Ammo so'nggi daqiqada diqqat etishmadi. Hozirgi yig'inga to'xtalsam, mashg'ulotlarni boshlab oldik. Juda yaxshi va ahil jamoa shakllangan. SHu bois bu erda faqat o'sish mumkin. Bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qilamiz.  Albatta, yangi jamoaga qo'shilishda ozgina bo'lsa ham ko'nikma hosil qildim. Hozircha qiyinchilik tug'idrgani yo'q. 

- Isroil bilan uchrashuvni diskvalifikaciya sabab o'tkazib yubordingiz. Gvatemala bilan o'yin vaqtida keyingi o'yinda qatnashmasligingizni bilarmidingiz?

- Bu haqida o'ylaganim yo'q, faqat yutuq hayolimda bor edi. Maydonda birinchi navbatda g'alaba qozonish maqsadimiz edi. O'sha vaziyatda ikki nafar himoyachimiz oldinda qolib ketgani sababli taktik fol ishlatishga majbur bo'ldim. Afsuski ikkinchi sariq kartochkani oldim. 

- Musobaqa favoritlaridan biri Braziliyaning Isroilga yutqazib chiqib ketishi kutilmagan holat bo'ldimi?

- Isroil terma jamoasi jismoniy holati alo darajada bo'lgani uchun tartibli futbol ko'rsatdi. Haqli ravishda g'alaba qozondi. Braziliyani chiqib ketishini albatta sensaciya sifatida qabul qildim. 

- "Rubin" Rossiya Premer-ligasiga chiqdi. Bu sizning klubdagi taqdiringizga qanchalik tasir o'tkazadi?

- "Rubin"ning elitaga qaytishi katta yutuq hisoblanadi. Ishonch taqdim etilsa, o'zbekistonlik futbolchilar Premer-ligada bemalol harakat qilib, futbolimiz rivojiga hissa qo'shishga harakat qilamiz. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика